HUDUDGAZ gaz ta’minotining Toshkent shahri va viloyat filiallari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 5 oktabr kuni ta’mirlash ishlari sabab 08:00 dan boshlab turli hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkent shahrida tabiiy gazdan uziladigan hududlar:

Coat 10:00 dan 18:00ga qadar Mirobod tumanining Temiryo‘lchilar 1-tor ko‘chasidagi Sarakul 3-berk ko‘chalaridagi xonadonlarda hamda 2 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Shundan 1 ta klinika 1 ta savdo majmuasida tabiiy gaz vaqtincha bo‘lmaydi. Bu vaqt ichida Temiryo‘lchilar 1-tor ko‘chasidagi gaz quvuri ta’miralanadi.

Bektemir tumanining Billur, B. Nozim, Sahovat, Ixlos, Bektemir shoh ko‘chalaridagi xonadonlarda hamda 16 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti soat 10:00 dan 17:00ga qadar to‘xtatiladi. Hududdagi 7 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 4 ta novvoyxona, 5 ta ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gazdan vaqtincha uziladi. Gaz quvurida ta’mirlash ishlari Billur ko‘chasida bo‘lib o‘tadi.

Chilonzor tumanida soat 10:00 dan 16:00ga qadar 9-mavzeda joylashgan gaz quvuri tartibga keltiriladi. Bu paytda 9-mavzedagi xonadonlarda hamda 5 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. 2 ta novvoyxona, 1 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 3 ta ishlab chiqarish korxonasida vaqtincha gaz ta’minoti bo‘lmaydi.

Toshkent viloyatida tabiiy gazdan uziladigan hududlar

“Uztrasngaz” AJ Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi “Toshkent-1” GTSHda gaz sizib chiqish holati aniqlanganini ma’lum qildi. Shuning uchun Toshkent viloyatining ham ayrim tumanlarida tabiiy gazdan uzilish bo‘ladi.

Xususan, Toshkent tumanidagi barcha tabiiy gaz iste’molchilariga 5 oktabr kuni soat 08:00 dan ta’mirlash ishlari yakuniga yetgunga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Shundan:

  • 43700 ta aholi xonadonlari;
  • 914 ta ulgurji korxonalari;
  • 52 ta budjet tashkilotlari tabiiy gazdan vaqtincha uziladi.

Qibray tumanidagi 14700 ta aholi xonadonlarda ham soat 08:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Bunda quyidagi obyektlarda uzilish kuzatiladi.

  • AGNKS — 1 ta
  • XTB — 32 ta
  • MTM (bog‘chalar) — 37 ta
  • novvoyxona — 133 ta
  • choyxona va oshxonalar — 107 ta
  • ofis — 40 ta
  • ishlab chiqarish — 39 ta
  • budjet tashkilotlar — 81 ta

Parkent tumanini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “O‘zbekiston” GTSHdan yangi qurilgan ulanmani ishga tushirish maqsadida Parkent tumaniga qarashli Qayulma, Bog‘bon, Markaziy, Guliston, Oqtepa, Qurg‘ontepa, Bòston va Qirgizovul mahalla fuqarolar yig‘inlarida hamda dalahovli hududlarida 5 oktabr kuni soat 8:00 dan 14:00 gacha tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi.

Bunda 4975 ta aholi xonadonlari va 85 ta ulgurji is’temolchilar tabiiy gazdan vaqtincha cheklanadi.

Tabiiy gaz ta’minoti cheklanadigan hududlar ro‘yxati:

  • maktab — 8 ta
  • MTM — 6 ta
  • novvoyxona — 11 ta
  • umumiy ovqatlanish shoxobchasi- 50 ta
  • ishlab chiqarish korxonalari -10 ta.

Zangiota tumaniga qarashli Chig‘atoy-Oqtepa hududidagi “Istiqlol 5 yilligi” va “Ahmad Yassaviy” MFYlarda ham soat 8:00 dan soat to 17:00 ga qadar 735 ta aholi xonadonlari hamda 16 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz vaqtincha bo‘lmaydi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.