10 avgust soat 10:00 dan 11 avgust soat 22:00 gacha Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab TXAY dan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yer usti metrosi qurilish jarayonida D-1000 mm tarmoqlarni ko‘chirish uchun suvni o‘chirish jarayonida ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladi va suv bosimi pasayadi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» xabar berdi.

Sergeli tumani

Ichimlik suvi to‘liq to‘xtatiladigan hududlar:

  • «Ziyokor» mahallasi 150 ta yerli xonadon, «Nomdanak» mahallasi 200 ta yerli xonadon, «Qorasuv» mahallasi 120 ta yerli xonadon, poliklinika, «Taraqqiyot» mahallasi 140 ta yerli xonadon, «Xonobod» maxallasi 400 ta yerli xonadon, maktab va 17 ta 9 qavatli uyda;
  • «Qushbegi» mahallasi 200 ta yerli xonadon, «Xonobodtepa» mahallasi 200 ta yerli xonadon, hokimiyat 1-sektor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavodi va 30 ta har xil turdagi ishlab chiqarish korxonalari, «Quruvchilar» mahallasi 9 qavatli 27 ta, maktab va 2 ta bog‘cha, «Daryo bo‘yi» mahallasi 597 ta yerli xonadonda;
  • maktab, bog‘cha, OBD qozonxona, yong‘in xavfsizligi bo‘limi, qabriston, 4 qavatli 6 ta, 2 qavatli 29 ta uylar va 30 ta har xil turdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar, «Fayzli» mahallasi 120 ta yerli xonadon va bog‘cha, «Jaloir» mahallasi 150 ta yerli xonadon, «Qipchoq» mahallasi 697 ta yerli xonadon va masjidda.

Ichimlik suvi bosimi pasayadigan hududlar:

  • «Sug‘diyona» mahallasi 554 ta yerli xonadon.
  • «Sofdil» mahallasi 530 ta yerli xonadon.

Yangihayot tumani

Ichimlik suvi bosimi pasayadigan hududlar:

  • «Qipchoq» mahallasi 697 ta yerli xonadon, «Yo‘ldosh» mahallasi 390 ta yerli xonadan, «Al-Farg‘oniy» mahallasi 60 ta yerli xonadon, 2 qavatli 110 ta va 5 qavatli 15 ta uylar, «Viqor» mahallasi 5 ta yerli xonadon, 2 qavatli 160 ta uylar, maktab va bog‘cha, «Olchazor» mahallasi 1517 ta yerli xonadonda;
  • «Do‘stlik» mahallasi 1513 ta yerli xonadon, «Chortoq» mahallasi 1006 ta yerli xonadon, maktab, shprits zavod va 14 ta har xil turdagi ishlab chiqarish korxonalar, «Charag‘on» mahallasi 5 qavatli 8 ta, 2 qavatli 110 ta uylar va bog‘chada;
  • Tug‘ruqxona, 37-son Poliklinika, KVD, O‘likxona, Yangihayot tuman hokimiyati, Non va non mahsulotlari ishlab chiqarib korxonasi, «Toshkent» mahallasi 750 ta yerli xonadon, Metal zavod, 12-avtopark, KNS, «Grin park», «Evrika» xususiy bog‘chasida.

Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikada ichimlik suvi yetkazib beriladi, deyiladi xabarda.