«tolibon harakati» tegli maqolalar


7 sentabr 2021, 22:55

«Tolibon» Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi

«Tolibon» harakati Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib Hasan Oxund, harakat rahbariyati kengashi rahbari, bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga Abdul G‘ani Baradar tayinlandi.

27 avgust 2021, 10:58

«Butun Panjsher vodiysi kurashga tayyor» — Tolibonga qarshilik kuchlari yetakchisi

Panjsher viloyatidagi toliblarga qarshilik kuchlarining yetakchisi Ahmad Mas’ud Rossiyaning RBK nashriga intervyu berdi. U o‘zi bilan birga qancha jangchilar borligi, uning tarafdorlari kimlar ekanligi, qo‘shni va boshqa xorij davlatlaridan harbiy ko‘mak olayotgani yoki yo‘qligi hamda G‘ani rejimi nima sababdan bunchalik tez qulagani haqida fikr bildirdi. Qolaversa, Rossiya o‘z manfaatini ko‘zlagan holda toliblarga bosim o‘tkazishi lozimligini ta’kidladi. «Gazeta.uz» intervyuning tarjimasini taqdim qiladi.

24 avgust 2021, 11:11

Toliblar Afg‘oniston boshqaruvi uchun kengash tashkil etadi

«Tolibon» Afg‘onistonni boshqaradigan 12 kishilik kengash tashkil etishni rejalashtirmoqda.

17 avgust 2021, 14:17

Toliblar afg‘onlarni ishlariga qaytishga chaqirdi

«Tolibon» hukumat amaldorlariga umumiy amnistiya e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi. TOLOnews telekanali ayol teleboshlovchi va muxbirlar ishtirokidagi ko‘rsatuvlarni uzatishda davom etmoqda.

17 avgust 2021, 01:10

Afg‘onistonlik marshal Do‘stum O‘zbekistonda — OAV

Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan afg‘onistonlik marshal Abdul-Rashid Do‘stum «Tolibon» nazoratiga o‘tgan Mozori-Sharifdan O‘zbekiston tomonga qochib ketdi, deb xabar tarqatmoqda xorij OAVlari. Mazkur ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

16 avgust 2021, 12:13

«Tolibon» mamlakatda «urush yakunlanganini» e’lon qildi

«Tolibon» harakati vakillari Al-Jazeera telekanali efirida «Afg‘onistonda urush tuguganligi» haqida e’lon qildi. Shuningdek, ular «harakat har bir qadamini mas’uliyat bilan bosishini va barcha tomonlar bilan tinch munosabatlarni saqlash niyatida» ekanligini ta’kidlashmoqda. Toliblar boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini qayd etdi.

16 avgust 2021, 11:28

60 dan ortiq mamlakatlar Afg‘onistonni tark etmoqchi bo‘lganlarga imkon berishga chaqirdi

60 dan ortiq mamlakatlar qo‘shma bayonot bilan chiqib, chet elliklar va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan afg‘on fuqarolarini xavfsiz chiqib ketishini ta’minlashga chaqirdi.

16 avgust 2021, 00:47

Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etdi. Toliblar mamlakatda Islom amirligini tuzmoqchi

Ashraf G‘ani qon to‘kilishining oldini olish maqsadida Afg‘onistonni tark etdi. OAVlar xabariga ko‘ra, davlat rahbari Tojikiston orqali Ummonga yetib borgan. Biroq, New York Times u ayoli va ikki nafar yordamchisi bilan O‘zbekistonga yo‘l olganiga ishontirmoqda. Prezident saroyini qo‘lga kiritgan «Tolibon» harakati a’zolari esa Afg‘oniston Islom amirligi tuzilganini e’lon qilishni ko‘zlayapti.

15 avgust 2021, 18:12

Toliblar Kobulga kirdi. Afg‘oniston prezidentining iste’fosi kutilmoqda

«Tolibon» harakati a’zolari Kobulga kirdi. OAV Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqishi ehtimoli haqida xabar qilmoqda. Afg‘oniston TIV rahbari hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tishini ma’lum qildi.

9 avgust 2021, 12:48

Toliblar Afg‘oniston shimolidagi muhim shahar — Qunduzni egalladi

Afg‘oniston shimolidagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Qunduz shahri «Tolibon» harakati vakillari tomonidan egallandi. Shahardagi janglar oqibatida halok bo‘lganlar orasida tinch aholi qurbonlari, ayollar va bolalar borligi aytilmoqda. Juma kuni harakat vakillari Zaranj va Shibarganni egallashgan.

25 iyul 2021, 10:00

Afg‘oniston hukumati 31 ta viloyatda komendantlik soati joriy qildi

Shanba kuni Afg‘onistonning 31 ta viloyatida komendantlik soati e’lon qilindi. IIV rasmiy vakili ushbu qaror «Tolibon» harakatini cheklash maqsadida qabul qilinganini aytmoqda. Hozirda 10 dan ortiq tumanlarda hukumat harbiylari va toliblar o‘rtasida faol to‘qnashuvlar davom etmoqda.

16 iyul 2021, 18:25

«Bugun Afg‘oniston muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda o‘tgan xalqaro konferensiya davomida Afg‘oniston o‘zining eng yangi tarixidagi muhim burilish davrini boshdan kechirayotganini aytdi. U shuningdek, afg‘on xalqi umummilliy murosaga erishish yo‘lida o‘zaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga ishonch bildirdi.

15 iyul 2021, 16:25

Toliblar Kobulga o‘z mahbuslarini ozod qilish evaziga sulh taklif qildi

«Tolibon» harakati vakillari Kobulda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Afg‘oniston hukumatiga uch oylik muddatga o‘t ochishni to‘xtatish taklifi bilan murojaat qildi. Buning evaziga ular ilgari qo‘lga olingan harakatning 7000 jangarilarini ozod etishni talab qilishgan.

12 iyul 2021, 19:52

Rossiya bosh konsulxonasi xodimlari Hayratondan O‘zbekistonga ko‘chirildi

Afg‘onistonning Hayraton shahridagi konsullik muassasida faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatlar O‘zbekistonga olib kelindi. Ushbu ehtiyot chorasi «Tolibon» kuchlarining Afg‘onistonning shimoliy hududlariga kirib kelishi ortidan qo‘llanildi.

9 iyul 2021, 16:23

Toliblar Qandahorga kirishdi

«Tolibon» harakati vakillari Afg‘onistonning Qandahor shahriga kirishdi. Avval shaharning markaziy qamoqxona, so‘ng bozor hududida janglar bo‘lib o‘tgani aytilmoqda. Bir necha tinch aholi vakillari halok bo‘lgan va yaralangan.

9 iyul 2021, 10:22

«Tolibon» Markaziy Osiyo mamlakatlari chegarasini buzmasligini kafolatladi

Moskvada Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va «Tolibon» harakati delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. «Tolibon» Markaziy Osiyo davlatlari chegarasi buzilmasligiga, Afg‘oniston hududida xorij davlatlarining diplomatik va konsullik vakolatxonalari xavfsizligi bo‘yicha kafolat berdi.

26 iyun 2021, 16:53

Abdulaziz Kamilov — «Tolibon» nima xohlayotgani haqida

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amerikalik teleboshlovchi Dennis Uoliga bergan intervyusida Afg‘onistondagi vaziyat, ushbu mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqaruv shakli, «Tolibon»ning maqsadlari haqida so‘zladi, shuningdek, O‘zbekistonning optimistik munosabati va nima uchun shaxsan o‘zi «Tolibon»ni terroristik tashkilot emas deb hisoblashiga izoh berdi.

12 iyun 2021, 15:27

«Tolibon» Turkiyadan o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi

«Tolibon» Turkiyadan o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi. Harakat shu tarzda NATO o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishi ortidan Anqaraning Qobul aeroportini muhofaza qilish yuzasidan bergan taklifiga munosabat bildirdi.

26 may 2021, 17:58

«Tolibon» Afg‘oniston qo‘shnilarini o‘z hududiga chet el bazalarini joylashtirmaslikka chaqirdi

«Tolibon» harakati Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarni o‘z hududiga chet el qurolli kuchlarini joylashtirmaslikka chaqirdi. «Biz o‘z yerimizdan boshqalar xavfsizligiga qarshi foydalanilmasligini bir necha marta ma’lum qildik va boshqalarni ham o‘z yerlari va havo hududlaridan mamlakatimizga qarshi foydalanmaslikka chaqiramiz», — deyiladi bayonotda.

14 aprel 2021, 20:20

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSH va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi, Qorabog‘dagi fojiada Armanistonning 4 mingga yaqin askari halok bo‘lgani, Daniyaning AstraZeneca vaksinasidan butunlay voz kechgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting