Surxondaryo viloyatining janubiy tumanlari, xususan Termizda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda turli videolar tarqaldi.

Soat 15:00 holatiga Termiz aeroportida kuchsiz chang bo‘roni, janubi-g‘arbiy yo‘nalishdan 8 m/s tezlikda shamol esayotgani qayd etilgan.

“Gazeta.uz”ga ham obunachilardan changli havo aks etgan foto va videolar kelib tushdi.
sурхондарё, терmиз, chang bo‘roni

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet xizmati O‘zbekistonda ish haftasi davomida harorat Qozog‘iston hududlaridan nisbatan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi hisobiga barqaror bo‘lishi aytilgandi. Xabarga ko‘ra, payshanba va juma kunlari respublika bo‘yicha shamol tezligi 15−18 m/s gacha kuchayadi. Shuningdek, bu hafda dam olish kunlari ham havo salqin bo‘ladi.