Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida IIB xodimi qo‘l-oyog‘i bog‘langan erkakka kuch ishlatgani, uning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani xabar qilingandi. Viloyat prokuraturasi videolavha yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakunlanganini ma’lum qildi.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, 19-may kuni Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish)1-qismi, 140-moddasi (Haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Muzrabot tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Avvalroq IIV rasmiy izohida jabrlanuvchi mast holatda begona ayolning tinchini buzgani, chaqiruvga asosan borgan xodimga qarshilik qilgani, shuningdek, xodimni qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlagani bildirilgandi.