7-may kuni soat 23:30 atrofida Surxondaryo viloyati Uzun tumanida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.

Tumandan o‘tgan 4K-620 yo‘lining 51-kilometrida Denov yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan Gentra haydovchisi xavfli burilishlarga e’tibor bermay chalg‘ishi sababli jarlikka tushib ketgan.

Oqibatda mashinada bo‘lgan bir fuqaro hodisa joyida halok bo‘lgan, yana biri esa Uzun tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida vafot etgan.

YHXB xodimining so‘zlariga ko‘ra, yo‘l 4-toifali bo‘lib, tog‘li yo‘l bo‘lgani sababli yetarlicha yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Qolaversa, yo‘l chetlariga sun’iy to‘siqlar qo‘yilgan. Shunga qaramay, haydovchi YTH kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.