5-sentabr kuni Surxondaryoning Oltinsoy tumanida paxta rejasini birinchilardan bo‘lib bajargan fermerga Cobalt topshirildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Paxtakor” hududidagi “Botosh lochini” fermer xo‘jaligi 44,8 gektar paxta maydonidan 187,4 tonna hosil oldi. O‘rtacha hosildolik 44 sentnerni tashkil etgan, hozirda 1-terim ishlari davom etmoqda. Natijada 3-sentabr kuni shartnomaviy reja 100 foizga bajarildi, deyiladi xabarda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov avtomashina kaliti hamda 10 kunda 1,5 tonnalab paxta tergan ilg‘or terimchilar, qator fermer xo‘jaliklar rahbarlari, mexanizatorlar, suvchi va ishchilarga maishiy texnikalar, sovg‘alarni tantanali ravishda topshirildi.

Foto

сурхондарё

сурхондарё

сурхондарё