17-iyul kuni Effect.uz Telegram-kanalida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Kosimov Denov tumani Xazarbog‘ qishlog‘idagi paxta klasterlari rahbarlariga g‘o‘zani noto‘g‘ri parvarish qilgani uchun tanbeh berayotgani aks etgan video e’lon qilindi. Videoni hokimlik vakillaridan biri tasvirga olganga o‘xshaydi.

Videoda ayrim klasterlarning doimiy yetakchilari va amaldorlar, jumladan, huquq-tartibot idoralari formasidagilar ham aks etgan. Hokim kimnidir noto‘g‘ri sug‘orish, dalalarni begona o‘tlar bosib ketgan, go‘ng etishmasligi uchun tanbeh qiladi.

“Qayerga qarayapsan, katta xolangni pulini tarqatyapsanmi, nima uchun o‘g‘it bermayapsan? Klaster bo‘lsang, nega „chekanka“ qildirmayapsan? Qani odam, ey noinsof hammang, o‘yinchingni topib olding, artistlar. Dalada go‘ng yo‘q, hamma dalada o‘rgimchak kana”, — deydi hokim.

21-iyul kuni xuddi shu kanal videoning yana bir qismini e’lon qildi. Unda hokim kimnidir qamoqqa olishni buyuradi. Ommaviy axborot vositalari bu fermer ekanligini taxmin qildi.

“Muttaxam yurishing shu fason bo‘lib, hamma narsaga tupurib qo‘ygansan. Denov yonib ketmaydimi, e senga o‘xshagan, bunaqa vijdonsiz boqibeg‘amni hayotimda ko‘rmagan. Ko‘r-ko‘rni qorong‘uda topadi, bir-biringga (hokim o‘rinbosari Alisher Alimardonov) mossan”, — deydi Ulug‘bek Qosimov. Effect.uz nashrining yozishicha, hokim o‘rinbosari (tuman bo‘lsa kerak) Alisher Alimardonovga murojaat qilmoqda. Internetda shunday ismli shaxs sobiq xo‘jalik rahbari sifatida ko‘rsatilgan.

“Denovni o‘ldirib, tamom qilding, hamma tumandan orqada. Sharmanda qilib, yer ostiga ko‘mib yubording. Yoz Ilhom og‘ayni, bugun qamoqqa olasan. Ishingni tayini yo‘q, yuribsan tentirab, hamma o‘yinchilik qilib, o‘yinga o‘tib olgansanlar, noinsoflar. Bir kun yurib yoqamni ushladim, hamma narsa “samatok”, — deydi hokim.

Shu kuni, 21-iyulda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati video 4-iyul kuni Ulug‘bek Qosimov mutasaddi va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazayotgan vaqtda suratga olinganini ma’lum qildi.

“Yig‘ilishda viloyat hokimi tumandagi ayrim fermer xo‘jaliklari paxta dalalarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, ajratilgan resurslardan maqsadsiz foydalanish holatlariga yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qilib, mutasaddilarga mavjud holatlarni o‘rganish va noqonuniy xatti-harakatlarga huquqiy baho berish topshirig‘ini bergan”, — deya xabar qildi matbuot xizmati.

“Yig‘ilishdan so‘ng esa xatti-harakatlariga huquqiy baho berish aytilgan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga kamchiliklarini to‘g‘irlash uchun imkon berilgan va mavjud muammolar qisqa muddatda bartaraf etilgan. Hech qaysi fermer xo‘jaligi rahbari qamoqqa olinmagan”, — deyiladi xabarda.

Ulug‘bek Qosimov 2021—2022-yillarda Toshkent shahar prokurori bo‘lib ishlagan, o‘tgan yilning dekabr oyida esa Surxondaryo hokimi v.b. bo‘lgan edi.

Joriy yilning yanvar oyida “Gazeta.uz” uning topshirig‘iga ko‘ra Denov tumanida (bir vaqtlar bu yerda hokim bo‘lgan) karam, sabzi va piyoz o‘sib turgan dalalar g‘o‘za ekish uchun haydab tashlangani haqida yozgan edi. O‘shanda e’lon qilingan videoda hokim dalada almashlab ekish uslubi qo‘llanilsa ham (yerdan samarali foydalanish uchun bir ekindan keyin boshqa ekin ekiladi) barcha maydonlarni shudgorlash haqida ko‘rsatma bergan edi.

Shuningdek, tuman hokimi, prokurori va boshqa sektor rahbarlariga tanbeh berib, yarim tunda klasterlardan birining rahbarini Termizga chaqirishni topshiradi. Keyin: “Uni umuman hokimiyat hududiga kirishga ham haqi yo‘q, Termiz shahrida kutsin. Men qachon, qayerga chaqirishimni [aytaman]”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

кластyer, сuрхондарё, uлuғbек қосимоv, fermer xo‘jaligi

Fermerlar, har yili bo‘lgani kabi, hosilni yig‘ib olish uchun vaqt berishni so‘rashadi, ammo dalalar hosil bilan birga haydab tashlandi. Ular buni adolatsizlik deb atashdi, lekin yerlari olib qo‘yilishidan qo‘rqib, o‘z pozitsiyalarini ochiq aytishdan qo‘rqishdi. Dalalarni shudgorlash bo‘yicha video hisobotlar muntazam ravishda hokim v. b. ga yuborib turildi.

Joriy yilning mart oyida Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo hokimi etib tasdiqlandi.