9-avgust kuni tushdan so‘ng Surxondaryo viloyati Termiz tumanida “Farg‘ona azot” AJga qarashli omborxonalarning birida yong‘in chiqdi. FVV bu bo‘yicha tuman boshqarmasiga xabar kelib tushganini ma’lum qildi.

Yong‘in oqibatida taxminan 70−80 kvadrat metr maydonda omborxonaning ichida bo‘lgan ko‘mir yonib zararlangan. Uni o‘chirishga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. O‘t o‘chiruvchilar soat 14:10 da voqea joyiga yetib borib, 5 daqiqada yong‘inni qurshab oldi. Uni o‘chirishga 1 soatdan ortiq vaqt ketdi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan, deyiladi xabarda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.