«sog‘liqni saqlash vazirligi» tegli maqolalar


Yanvar-fevral oylarida «Tez yordam»ga 2 mlndan ziyod chaqiriq kelib tushdi
13 mart 2022, 12:10

Yanvar-fevral oylarida «Tez yordam»ga 2 mlndan ziyod chaqiriq kelib tushdi

2022 yilning ilk ikki oyida mamlakat bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmatiga jami 2 mln 42 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Eng ko‘p murojaatlar Farg‘ona, Andijon va Toshkent shahrida, eng kam chaqiriqlar esa Jizzax, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida kuzatilgan. Ushbu xizmatdagi reanimobil mashinalar soni 442 taga yetgani aytildi.

UNICEF O‘zbekistonga vaksinalarni saqlash uchun $500 mingdan ortiq qiymatdagi uskunalarni taqdim etdi
15 fevral 2022, 18:05

UNICEF O‘zbekistonga vaksinalarni saqlash uchun $500 mingdan ortiq qiymatdagi uskunalarni taqdim etdi

UNICEF O‘zbekiston hukumatiga vaksinalarni saqlash omborlari uchun 500 ming dollardan ko‘proq qiymatdagi 118 muzlatgich, 7 ming dona termosumka va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini topshirdi (foto).

Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparat xodimlarining 40 foizini ishdan bo‘shatdi
14 dekabr 2021, 19:32

Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparat xodimlarining 40 foizini ishdan bo‘shatdi

SSV tibbiyot sohasidagi muammolar tashabbuskor, yangicha fikrlaydigan, professional va ijodkor kadrlarning yetishmasligi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Shuni hisobga olib, vazirlik markaziy apparati xodimlarining 40 foizi ishdan bo‘shatildi. Ularga quyi bosqichdagi tibbiyot muassasalarida ishlash taklif qilindi. Kadrlar islohoti vazirlikning boshqa bo‘g‘inlariga ham ta’sir qiladi.

O‘zbekistonga 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi
12 dekabr 2021, 14:01

O‘zbekistonga 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga Xitoydan 1 mln doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirildi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar soni 49 mln dozadan oshdi.

SSV shifoxonalardagi tozalik holatini alohida nazoratga oldi
19 noyabr 2021, 10:48

SSV shifoxonalardagi tozalik holatini alohida nazoratga oldi

SSV ishchi guruhi tibbiyot muassasalarining ishida kamchiliklarni aniqladi: uzun navbatlar, ortiqcha qog‘ozbozliklar va sanitariya-gigiyena me’yorlariga amal qilmaslik. Vazir Behzod Musayev barcha muassasalarning sanitariya-gigiyenik holatini zudlik bilan yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi.

Behzod Musayev tunda Toshkent shifoxonalaridagi vaziyatni o‘rgandi
15 noyabr 2021, 14:24

Behzod Musayev tunda Toshkent shifoxonalaridagi vaziyatni o‘rgandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Behzod Musayev tunda poytaxt shifoxonalarida bo‘lib, bolalar o‘rtasida o‘tkir respirator infeksiyalar bilan kasallanish holatini o‘rgandi. Keyin u ertalab soat 4:30 da yig‘ilish o‘tkazdi, shundan so‘ng 600 dan ziyod qo‘shimcha o‘rin-joylar tashkil etildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduxakim Xadjibayev lavozimidan ozod etildi
11 noyabr 2021, 10:50

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduxakim Xadjibayev lavozimidan ozod etildi

Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavomizda ishlab kelgan Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tishi kutilmoqda.

SSV nafas qisishi bilan bog‘liq shikoyatlar soni ortganini ma’lum qildi
5 noyabr 2021, 10:44

SSV nafas qisishi bilan bog‘liq shikoyatlar soni ortganini ma’lum qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi «Tez yordam» xizmatiga bo‘lgan jami chaqiriqlar soni 3 noyabrdagi 3433 tadan 4 noyabrda 4082 taga yetgani, 678 kishi nafas qisishidan shikoyat qilganini bildirdi. Vazirlik aholiga changli havoda niqob taqish, allergik va astma kasalligi bor bemorlarga tashqariga chiqmaslikni tavsiya qildi.

Elmira Basitxanova ayolning tug‘ruqdan keyingi o‘limini yashirishga uringanini rad etdi
1 noyabr 2021, 10:55

Elmira Basitxanova ayolning tug‘ruqdan keyingi o‘limini yashirishga uringanini rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova SSV rahbaridan tug‘ruqdan keyin vafot etgan ayolning o‘limini yashirishga urinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. U mazkur xabarni rad etib, bu «vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilish» deb hisoblashini ta’kidladi.

O‘zbekistonga koronavirus tahlili uchun ko‘chma laboratoriya olib kelindi
15 oktabr 2021, 21:31

O‘zbekistonga koronavirus tahlili uchun ko‘chma laboratoriya olib kelindi

Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga PSR tekshiruvini o‘tkazish uchun mobil laboratoriya yetkazib berdi. Laboratoriya quvvati bir kunda 1500 ta tahlil o‘tkazishga mo‘ljallangan. Ushbu laboratoriyada koronavirusga bepul test topshirish mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida onkologik kasalliklarga chalinganlarga yordam berish fondi tashkil qilinadi
14 aprel 2021, 11:41

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida onkologik kasalliklarga chalinganlarga yordam berish fondi tashkil qilinadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida onkogemotologik va davolash murakkab bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashga ko‘maklashish uchun jamg‘arma tashkil etilmoqda. Fond tibbiy uskuna va dori-darmonlarni, reaktivlarni sotib oladi va operatsiya uchun xorijdan mutaxassislarni taklif qiladi.

O‘zbekistonda universal progressiv patronaj modeli joriy etilmoqda
10 mart 2021, 10:16

O‘zbekistonda universal progressiv patronaj modeli joriy etilmoqda

YUNISEF SSVga patronajning universal-progressiv modeli bo‘yicha 50 ming nusxada qo‘llanma va kitobchalarni topshirdi. Nashrlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida homilador ayollar, yaqinda farzand ko‘rgan ayollar va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xizmatlarni yaxshilashga qaratilgan.

SSV vaziri nima uchun o‘lim statistikasi e’lon qilinmayotganligiga izoh berdi
14 yanvar 2021, 12:49

SSV vaziri nima uchun o‘lim statistikasi e’lon qilinmayotganligiga izoh berdi

O‘zbekiston bo‘yicha o‘lim statistikasi nima uchun e’lon qilinmayotganligi haqida SSV vaziri izoh berdi. Unga ko‘ra, statistika faqat rasmiy so‘rov bo‘lgandagina taqdim etiladi.

Bolalar vaqtida emlanganini monitoring qilish uchun 16 ta avtomobil ajratildi
10 dekabr 2020, 16:32

Bolalar vaqtida emlanganini monitoring qilish uchun 16 ta avtomobil ajratildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 16 ta zamonaviy avtomobil topshirildi. Ulardan butun mamlakat bo‘ylab bolalarning vaqtida emlangani monitoringini yuritish sifatini yanada yaxshilash uchun foydalaniladi.

Yana uchta shifoxona odatiy ish faoliyatiga qaytdi
3 dekabr 2020, 15:24

Yana uchta shifoxona odatiy ish faoliyatiga qaytdi

Koronavirusga chalinish holatlari kamaygani sababli COVID-19 bemorlarini davolashga ixtisoslashgan yana 3 ta shifoxona — Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha odatiy ish faoliyatiga qaytdi.

O‘zbekistonda 43,5 mingdan ortiq kishi OIV infeksiyasi bilan yashaydi
2 dekabr 2020, 12:38

O‘zbekistonda 43,5 mingdan ortiq kishi OIV infeksiyasi bilan yashaydi

1 noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda OIV bilan kasallangan 43 581 kishi ro‘yxatga olingan. Yil davomida bu ko‘rsatkich 1483 ga oshdi, bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada kam.

Umumiy amaliyot shifokori oilaviy shifokorga aylantiriladi
6 noyabr 2020, 18:41

Umumiy amaliyot shifokori oilaviy shifokorga aylantiriladi

Umumiy amaliyot shifokori haqiqiy oilaviy shifokorga aylantiriladi, — deya qayd etdi prezident. Ularga yordam berish uchun tibbiyot brigadalari tashkil etiladi va o‘zlariga biriktirilgan oilalar kesimida manzilli ish olib boradi.

«Bundan buyon sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga hech kim aralashmaydi» — prezident
6 noyabr 2020, 17:53

«Bundan buyon sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga hech kim aralashmaydi» — prezident

«Bundan buyon sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga, uning kadrlar masalasiga hech kim aralashmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident va bosh vazirdan boshqa birorta rahbar vazir va uning o‘rinbosarlarini yig‘ilishlarga chaqirishii taqiqlab qo‘yildi.

Prezident Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimini «to‘liq qayta ishga tushirish» bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
6 noyabr 2020, 13:16

Prezident Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimini «to‘liq qayta ishga tushirish» bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash masalasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishini o‘tkazadi. Asosiy e’tibor koronavirusga qarshi kurashishga emas, balki sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq qayta ishga tushirishga qaratiladi.

Koronavirus bemorlariga pulsoksimetr va kislorod konsentratorlari bepul beriladi
28 oktabr 2020, 10:58

Koronavirus bemorlariga pulsoksimetr va kislorod konsentratorlari bepul beriladi

Koronavirusga chalingan va uy sharoitidagi reabilitatsiyaga muhtoj bemorlarga vaqtincha foydalanish uchun pulsoksimetr va kislorod konsentratorlari bepul tarqatiladi. Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarining ulgurji sotuvi, preparatlarning importi va ishlab chiqarilishi muddatining uzaytirilishiga ruxsat berildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting