Prezident farmoni bilan Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Nigoh” Telegram-kanali xabar berdi.

Ushbu lavomizda ishlab kelgan Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tishi kutilmoqda. Hozircha u qaysi lavozimda faoliyat olib borishi haqida ma’lumot berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan yilning noyabr oyida sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan edi. Abduxakim Xadjibayev mazkur lavozimda Alisher Shodmonovning o‘rnini egallagandi.