BMTning Bolalar jamg‘armasi UNICEF O‘zbekiston hukumatiga vaksina saqlash omborlari uchun 500 000 AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi uskunalarni taqdim etdi. Bu haqda tashkilotning O‘zbekistondani vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Respublika vaksinalar omborida Moderna, Pfizer singari vaksinalarni saqlash imkoniyatini beradigan 118 muzlatgich, shuningdek, 7 ming dona termosumkalar va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalari tantanali ravishda topshirildi.

Yuklarni UNICEF`ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade O‘zbekiston tomonidan tadbirda qatnashgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyevga topshirgan.

Mazkur yordam evaziga mamlakatda joylashgan 35 ta vaksina omborlari, jumladan 14 ta hududiy, 15 ta tuman va 6 ta shahar darajasidagi vaksina ombori jihozlanadi.