«rossiya» tegli maqolalar


Rossiya O‘zbekistonda sakkizta OTM filialini ochishi kutilmoqda
17 noyabr 2021, 15:20

Rossiya O‘zbekistonda sakkizta OTM filialini ochishi kutilmoqda

Rossiyaning yana sakkizta oliy o‘quv yurti O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochish niyatida, ulardan uchtasi yaqin kunlarda o‘zbekistonlik talabalarni qabul qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumida muhokama qilindi.

O‘zbekistonlik qizlar o‘zining sun’iy intellekt loyihasini Putinga taqdim etdi
15 noyabr 2021, 16:30

O‘zbekistonlik qizlar o‘zining sun’iy intellekt loyihasini Putinga taqdim etdi

O‘zbekistonlik qizlardan tashkil topgan IT Queens jamoasi AI Journey 2021 konferensiyasida qatnashib, dipfeyk materiallarni aniqlay oladigan ishlanmani taqdim etdi. Tadbir ishtirokchilari orasida bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin loyiha muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklar uchun maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
11 noyabr 2021, 16:01

Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklar uchun maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

«O‘zbekiston temir yo‘llari» pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kelishi uchun 5 ta maxsus poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Reyslar 15, 19, 22, 26, 29 noyabr kunlari «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
9 noyabr 2021, 21:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyo bo‘ylab COVID-19 ga chalinganlar sonining 250 mlndan oshgani, polshaliklarning Belarus chegarasidagi vaziyat tufayli amerikaliklarga murojaat qilgani, Portugaliyada yangi qonunga ko‘ra ish beruvchilar xodimlar bilan ishdan tashqari vaqtda gaplashishi taqiqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Amerika Afg‘onistonda qoldirib ketgan harbiy texnika — butun dunyo uchun katta muammo» — Dmitriy Shugayev
2 noyabr 2021, 15:20

«Amerika Afg‘onistonda qoldirib ketgan harbiy texnika — butun dunyo uchun katta muammo» — Dmitriy Shugayev

Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori AQSh Afg‘onistonda qoldirib ketgan harbiy texnika butun dunyo uchun katta muammo tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi. Dmitriy Shugayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qurol-yarog‘lar ekstremistlarning qo‘liga tushib qolishi yoki qora bozorga ham chiqib ketishi mumkin.

O‘zbekistonliklar uchun ro‘yxatdan o‘tmasdan Rossiyada bo‘lib turish muddati uzaytirilishi mumkin
29 oktabr 2021, 14:26

O‘zbekistonliklar uchun ro‘yxatdan o‘tmasdan Rossiyada bo‘lib turish muddati uzaytirilishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 7 kundan 15 kunga uzaytirilishi mumkin. IIV RFda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni murakkabligi sababli mehnat muhojirlari qiyinchiliklarga uchrayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston energetika sohasiga Rossiya sarmoyasini jalb qilishi mumkin
28 oktabr 2021, 21:08

O‘zbekiston energetika sohasiga Rossiya sarmoyasini jalb qilishi mumkin

O‘zbekistonda Rossiya texnologiyalaridan foydalangan holda avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish hajmini oshirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi energiya ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va muqobil energetika sohasidagi loyihalarga Rossiya sarmoyalarini jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Moskvadagi hukumatlararo komissiya yig‘ilishida so‘z bordi.

Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha navbatdagi antirekord o‘rnatildi
25 oktabr 2021, 14:56

Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha navbatdagi antirekord o‘rnatildi

Rossiyada COVID-19 ga chalinish holatlari ko‘paymoqda. Kuniga infeksiya aniqlanganlar soni 37 ming 930 taga oshdi, bu pandemiya boshlanganidan beri yangi maksimal ko‘rsatkich.

Jahon yangiliklari dayjesti
20 oktabr 2021, 22:32

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyada yana karantin cheklovlari o‘rnatilgani, Yevroparlamentning Aleksey Navalniyni mukofotlagani, Facebook o‘z nomini o‘zgartirmoqchi ekani, Buyuk Britaniyada koronavirusning «delta» shtammidan ham kuchlirog‘i tarqalgani, bitkoin narxining rekord darajaga yetgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Rossiyada 30 oktabr-7 noyabr kunlari ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qilindi
20 oktabr 2021, 17:42

Rossiyada 30 oktabr-7 noyabr kunlari ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qilindi

Rossiyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani tufayli 30 oktabrdan 7 noyabrga qadar ishlaynmaydigan kunlar deb e’lon qilindi. Vaziyat «og‘ir» hududlarda ushbu muddat 23 oktabrdan boshlanishi mumkin.

Rossiyadan fuqarolarni olib kelish uchun 4 ta maxsus yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14 oktabr 2021, 19:33

Rossiyadan fuqarolarni olib kelish uchun 4 ta maxsus yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Rossiyada qolib ketgan fuqarolarni qaytarish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 4 ta maxsus reys yo‘lga qo‘yiladi. Poyezdlar 22, 25, 29 oktabr hamda 1 noyabr kunlari “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.

Afg‘onistondan Amerikagacha: Xorijdagi o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarda ovoz bera olishi ma’lum bo‘ldi
14 oktabr 2021, 13:28

Afg‘onistondan Amerikagacha: Xorijdagi o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarda ovoz bera olishi ma’lum bo‘ldi

Afg‘onistondan Amerikagacha — MSK qaysi xorijiy mamlakatlarda o‘zbekistonliklar uchun saylov uchastkalari tashkil etilishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, xorijdagi saylovchilar diplomatik vakolatxonlarda tuzilgan uchastkalarda ro‘yxatga olinadi hamda saylov o‘tkazilish joyi va vaqti haqida xabardor qilinadi.

Rossiya 150 ming o‘zbekistonlik uchun mamlakatga kirish taqiqini olib tashladi
12 oktabr 2021, 17:56

Rossiya 150 ming o‘zbekistonlik uchun mamlakatga kirish taqiqini olib tashladi

Rossiya hukumati 150 ming O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish bo‘yicha taqiqni olib tashladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
11 oktabr 2021, 20:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Avstriyada yangi kansler tayinlangani, Rossiya va Boliviyadagi aviahalokatlar, Livanning deyarli 24 soatga elektr ta’minotidan uzilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekiston Rossiyadan 1 mln gektar yer maydonini ijaraga olmoqchi
7 oktabr 2021, 10:46

O‘zbekiston Rossiyadan 1 mln gektar yer maydonini ijaraga olmoqchi

O‘zbekiston Rossiya hududidan 1 mln gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ijaraga olmoqchi. Bunga O‘zbekistondagi suv resurslari tanqisligi sabab ekanligi aytilmoqda. Ijara yerlaridan olingan hosil O‘zbekistonning ichki bozoridagi talabni qondirishga yo‘naltiriladi. O‘tgan yilning dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga Rossiya hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni taklif qilgan edi.

Rossiyada barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi
4 oktabr 2021, 17:13

Rossiyada barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi

Rossiyada koronavirus bilan kasallanish holatlarining keskin ko‘payishi oqibatida mamlakat bo‘ylab barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

“Yedinaya Rossiya” RF Davlat dumasiga saylovlarda ko‘pchilik ovozga ega bo‘ldi
21 sentabr 2021, 09:29

“Yedinaya Rossiya” RF Davlat dumasiga saylovlarda ko‘pchilik ovozga ega bo‘ldi

Rossiya Davlat dumasiga o‘tkazilgan saylovlar yakunlari bo‘yicha “Yedinaya Rossiya”, KPRF, LDPR, “Spravedlivaya Rossiya” va “Noviye lyudi” yetakchi bo‘ldi. To‘qqizta ma’muriy birlikda ham hudud rahbarligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi, aksariyat saylangan gubernatorlar hukmron partiya vakillari hisoblanadi.

Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillaridagi yozuvlar paydo bo‘ldi
14 sentabr 2021, 10:49

Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillaridagi yozuvlar paydo bo‘ldi

Rossiya poytaxtidagi «Lesoparkovaya» metro bekatida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘l ko‘rsatkichlar paydo bo‘ldi. Mazkur bekatdan migratsiya markaziga avtobuslar qatnovi mavjud.

Jahon yangiliklari dayjesti
10 sentabr 2021, 21:01

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiya va Belarus rahbarlarining Ittifoq davlati bo‘yicha kelishib olgani, Daniyaning barcha karantin cheklovlarini bekor qilgani, AQShda COVID-19'ga qarshi kengaytirilgan emlash rejasi qabul qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Rossiya FVV rahbari mashg‘ulotlar paytida halok bo‘ldi
8 sentabr 2021, 15:17

Rossiya FVV rahbari mashg‘ulotlar paytida halok bo‘ldi

Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev Arktika zonasida o‘tkazilgan mashg‘ulot paytida inson hayotini saqlab qolib, halok bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting