Rossiyada 2020 yilning aprelidan dekabrning ohiriga qadar o‘lim ko‘rsatkichi xaddan tashqari yuqori bo‘lib, 358 ming 257 kishini tashkil etdi. Mamlakat bo‘ylab 98−100% «ortiqcha o‘limlar» koronavirus bilan bog‘ligi aytilmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya Federatsiyasi hududiga to‘sqinliklarsiz kirish huquqiga ega fuqarolar tasnifiga kirmasligi haqida ogohlantirdi va o‘qishga qaytish uchun turli soxta hujjatlar tayyorlayotgan shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatdagi ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.
Rossiya bo‘ylab minglab odamlar muholifatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun ikkinchi marotaba yurishlar uyushtirishdi. 5 mingdan ortiq namoyishchilar hibsga olindi.
Rossiyaning Ochiq osmon shartnomasidan chiqishini e’lon qilgani, AQSH Xitoyning Xiaomi kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgani, Argentinada abortga ruxsat berish to‘g‘risidagi qonun imzolangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga Rossiyada ishlash uchun ruxsat (patent) olishni soddalashtirishga erishildi. Unga ko‘ra, Toshkentda migrantlarga ruxsatnoma berish xizmatini ko‘rsatuvchi Rossiyaning tegishli tashkilotlari filiallari ochiladigan bo‘ldi.
Rossiyada 2020 yilning 9 oyi davomida chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan YTHlarning aksariyatiga o‘zbekistonliklar sababchi bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarolari keltirib chiqargan 797 YTHda 58 kishi vafot etgan, 1080 kishi jarohatlangan. Tojikiston fuqarolari keltirib chiqargan avariyalarda eng ko‘p o‘lim holatlari (76 nafar qurbon) qayd etilgan.
Rossiyaning barcha hududlarida koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi. Yaqin 3 oy davomida preparatni regionlarga yetkazish rejalashtirilgan.
Rossiya qurilish vazirligi va kommunal xizmatlar boshqarmasi migrantlarning qurilish ishlariga kelishlari uchun mamlakatga kirish shartlarini soddalashtirishni so‘radi. Qurilish vazirligi 1 dekabr holatiga ko‘ra mamlakatning 77 viloyatidan 50 tasidagi qurilish maydonlarida muhojirlar yetishmovchiligi kuzatilayotganini aytgan.
Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati Vyacheslav Nikonov teleko‘rsatuv paytida «Qozog‘iston hududi Rossiyaning katta sovg‘asi» deb aytdi. Qozog‘iston TIV Rossiyaga nota yuborib, Qozog‘istonga nisbatan oshib boryotgan provokatsion hujumlari ittifoqchilik munosabatlariga jiddiy zarar yetkazayotganini ta’kidladi.
Davlat dumasi deputatlari Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidentlarining dahlsizligini kafolatlovchi qonunni qabul qilishdi. Unga ko‘ra, sobiq prezidentning jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilmasligini, uni hibsda ushlab turish, so‘roq qilish, tintuv o‘tkazish kabi choralarni qo‘llamaslikni kafolatlanadi.
O‘zbekistondan Rossiyaga yetib borgan 1 tonna quritilgan o‘riklar orasida karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizm — kapr qo‘ng‘izi (Trogoderma granarium Ev.) aniqlangan. Ushbu partiya Rossiya fitosanitariya talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi o‘zbekcha sertifikat bilan Rossiyaga olib kirilgan. Kapr qo‘ng‘izi O‘zbekistonda rasmiy ravishda yo‘q qilingan ob’ekt hisoblanadi.
BAAdan Isroilga birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov, Fransiya Senatining Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olgani, BAA 13 ta davlat fuqarolariga viza berishni to‘xtatgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Rossiyada kun davomida 24,8 mingta yangi koronavirus holati aniqlandi. Bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Umumiy qayd etilgan kasallanish holatlari esa ikki milliondan oshdi.
Arktika hududining yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanishi, YeIning Tog‘li Qorabog‘ aholisiga 3 mln yevro gumanitar yordam ajratishi, Belarus fuqaroligini olish uchun yangi qoidalari va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘xtatilishi to‘g‘risida bayonot imzoladi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjonga yon berib, bir nechta tumanlarni, shuningdek tan olinmagan respublikaning bir qismini Bokuga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Qaror e’lon qilinganidan keyin Yerevanda norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlandi.
9 noyabr kuni tunda Ozarbayjon Rossiya vertolyotini urib tushirdi. Ozarbayjon ushbu hodisa tasodifan sodir etilgani va Rossiyaga qarshi qaratilmaganligi haqida ta’kidlamoqda. Vertolyot ekipajining 2 a’zosi halok bo‘lgan.
Rossiyaning Samara shahrida uy yonib ketishi oqibatida 4 kishi vafot etdi, 5 nafar odam jarohat oldi. Jarohat olganlar ichida O‘zbekiston fuqarosi ham bor.
299 kishidan iborat O‘zbekiston fuqarolarining ikkinchi guruhi charter reyslari orqali Abxaziyadan qaytarildi. Abxaziyada qolgan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar davom etmoqda.
Rossiyada aholiga jamoat transportida, odamlar ko‘p bo‘lgan joylarda, liftlarda niqob taqish tavsiya etildi. Ko‘ngilochar maskanlarning faoliyati to‘xtatilishi kerakligi xaqida aytilgan bo‘lsa ham, Moskva meriyasi tungi klublar va barlar yopilmasligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting