Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan fuqarolarga yordam berish va ularni qaytarish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 4 ta maxsus reys yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur poyezdlar 22, 25, 29 oktabr hamda 1 noyabr kunlari soat 20:57 da “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.

Poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.

“Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan e-ticket.railway.uz orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin”, — deyiladi xabarda.