Tajriba tariqasida Moskva metro bekatlaridan birida tojik va o‘zbek tillarida yozuvlar paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda RBK.

Tojik tilidagi yozuvlar kirill alifbosida, o‘zbek tilidagilar esa lotinchada ekanligi qayd etilgan.

Ushbu yangilik hozircha faqat Chertanovo Yujnoye tumanidagi «Lesoparkovaya» bekatida joriy qilinganiga e’tibor berilgan. Mazkur bekatdan migratsiya markaziga avtobuslar qatnovi mavjud.

Foto: ZannaLit/ twitter.com

Foto: gorgich/twitter.com

Avvalroq, Moskva shahar iqtisodiy siyosat va mulk va yer munosabatlari bo‘yicha vitse-meri Vladimir Yefimov shaharda mehnat migrantlarining jiddiy yetishmasligini haqida ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda poytaxtga 200 ming nafar xorijlik ishchi kerak.

Yefimov, shuningdek, yaqin vaqt ichida mehnat muhojirlarining Rossiyaga kirishiga cheklovlar yumshatilishiga umid bildirgan.