«qozog‘iston» tegli maqolalar


FT: Qozog‘iston Rossiyaga reeksport qilinuvchi tovarlar ustidan nazoratni kuchaytiradi
24 mart 2023, 13:38

FT: Qozog‘iston Rossiyaga reeksport qilinuvchi tovarlar ustidan nazoratni kuchaytiradi

Qozog‘iston apreldan Rossiyaga reeksport qilish uchun mamlakat orqali o‘tadigan tovarlarni kuzatishni boshlaydi, deb yozadi Financial Times. Bu chora-tadbirlar G‘arbning xorijiy kompaniya va shaxslarning Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berishiga yo‘l qo‘ymaslik istagi fonida ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov 12 yilga qamaldi
9 mart 2023, 12:54

Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov 12 yilga qamaldi

Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov 2022 yilning yanvaridagi tartibsizliklar chog‘ida o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topilib, 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Qozog‘istonda korrupsionerlardan musodara qilingan pullarga 70 ta maktab quriladi
7 mart 2023, 15:15

Qozog‘istonda korrupsionerlardan musodara qilingan pullarga 70 ta maktab quriladi

Qozog‘istonda korrupsiyaga qo‘l urgan amaldorlardan musodara qilingan pullarga 70 ta maktab qurish rejalashtirilmoqda. Loyiha mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Hozirgacha bunday pullardan 120 mlrd tenge Moliya vazirligi hisobiga o‘tkazib berilgan.

Qozog‘istondagi YTHda 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
4 mart 2023, 21:39

Qozog‘istondagi YTHda 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Aktobe viloyatida «KamAZ» va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

«Qozog‘iston ayni paytda Rossiyadan hech qanday xavf yoki tahdid ko‘rayotgani yo‘q» — Qozog‘iston TIV rahbari
1 mart 2023, 20:06

«Qozog‘iston ayni paytda Rossiyadan hech qanday xavf yoki tahdid ko‘rayotgani yo‘q» — Qozog‘iston TIV rahbari

Qozog‘iston o‘z hududidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi, deya ma’lum qildi mamlakat TIV rahbari Muxtar Tleuberdi. Qozog‘iston hozircha Rossiyadan xavf yoki tahdidni sezayotgani yo‘q, dedi u Ostonada AQSh davlat kotibi bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 1-martdan boshlamaydi — Energetika vazirligi
1 mart 2023, 15:09

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 1-martdan boshlamaydi — Energetika vazirligi

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importi 1-martdan boshlanmaydi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Ishchi guruhlar imzolangan “yo‘l xaritasi” doirasida o‘rganishni davom ettirmoqda. Hozircha aniq kelishuvga erishilmagan.

Qozog‘iston martda «Buxoro-Ural» gaz quvurining uchinchi tarmog‘i qurilishini boshlamoqchi
27 fevral 2023, 18:13

Qozog‘iston martda «Buxoro-Ural» gaz quvurining uchinchi tarmog‘i qurilishini boshlamoqchi

Qozog‘iston 2023 yilda O‘zbekistondan Qozog‘iston orqali Rossiyaga o‘tuvchi «Buxoro-Ural» gaz quvurining uchinchi tarmog‘i qurilishini boshlashni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 95,6 mln dollarga baholangan.

Qozog‘iston Xitoyning Ukrainadagi urush bo‘yicha «tinchlik rejasi»ni qo‘llab-quvvatladi
27 fevral 2023, 10:36

Qozog‘iston Xitoyning Ukrainadagi urush bo‘yicha «tinchlik rejasi»ni qo‘llab-quvvatladi

Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib Xitoyning «Ukraina inqirozi»ni hal qilish bo‘yicha «tinchlik rejasi»ga munosabat bildirdi. Avvalroq Rossiya tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. Zelenskiy taklifda «tinchlik rejasi»ni ko‘rmagan, Bayden esa buni faqat Rossiya uchun manfaatli deb hisoblaydi.

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 50 dan ortiq o‘zbekistonlik qutqarildi
25 fevral 2023, 14:25

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 50 dan ortiq o‘zbekistonlik qutqarildi

Aktobe viloyatida texnik nosozliklar sababli yo‘lda qolib ketgan 93 kishi evakuatsiya qilindi. Ularning 50 dan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Qozog‘iston chegarasida vabo tufayli nazorat kuchaytirildi
23 fevral 2023, 09:34

Qozog‘iston chegarasida vabo tufayli nazorat kuchaytirildi

Qozog‘iston boshqa davlatlarda vabo tarqalishi munosabati bilan chegarada nazoratni kuchaytirdi. So‘nggi 10 yil davomida mamlakatda bu kasallikka chalinish kuzatilmagan.

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak otishma sodir etganlikda gumonlanmoqda
20 fevral 2023, 17:24

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak otishma sodir etganlikda gumonlanmoqda

Chimkent viloyatidagi qurol-yarog‘ do‘koniga hujum uyushtirildi. Qozog‘iston IIV ma’lumotiga ko‘ra, buni o‘zbekistonlik erkak sodir etgan va u qo‘lga olingan. Xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri voqea oqibatida jarohat olgan.

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi
16 fevral 2023, 12:55

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi

Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hozirda Qozog‘istonda 486 nafar o‘zbekistonlik qamoqda saqlanayotgani aytildi. O‘zbekistonda esa 20 nafar qozog‘istonlik mahkum bor.

Qozog‘iston bilan chegaradagi ikkita nazorat-o‘tkazish punkti ishi vaqtincha to‘xtatildi
15 fevral 2023, 13:24

Qozog‘iston bilan chegaradagi ikkita nazorat-o‘tkazish punkti ishi vaqtincha to‘xtatildi

«Sirdaryo» va «S.Najimov» chegara bojxona postlari 15 fevraldan Qozog‘iston tomonining rekonstruksiya ishlarini olib borishi munosabati bilan piyodalar, avtobus va avtomashinalar harakati uchun ishini to‘xtatdi.

Qozog‘istonda bolalarga hisob varag‘i ochilib, 18 yoshga to‘lgunicha davlat tomonidan pul o‘tkazib turiladi
15 fevral 2023, 12:12

Qozog‘istonda bolalarga hisob varag‘i ochilib, 18 yoshga to‘lgunicha davlat tomonidan pul o‘tkazib turiladi

Qozog‘istonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga davlat tomonidan hisob varag‘i ochilib, unga milliy boyliklardan keladigan pullardan ulush o‘tkazib boriladigan dastur ishga tushmoqda. Bolalar voyaga yetganidan keyin bu pullardan qanday foydalanishni mustaqil hal qiladi.

O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
31 yanvar 2023, 13:31

O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi

O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi. Eski tartibga ko‘ra, bu muddat 5 kunni tashkil etardi.

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari nomsiz holda qayta ochildi
23 yanvar 2023, 22:26

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari nomsiz holda qayta ochildi

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari qayta ochildi, ammo nomsiz holda. Peshlavhalarda rus tilida yozilgan «Biz ochiqmiz» so‘zlaridagi «M» harfi esa sariq rangga bo‘yalgan bo‘lib, avvalgi logotipni eslatadi. Taomlar assortimenti va ta’mlari o‘zgarmagan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston mahkumlarni o‘zaro alishishi mumkin
19 yanvar 2023, 16:06

O‘zbekiston va Qozog‘iston mahkumlarni o‘zaro alishishi mumkin

Qozog‘istonda deputatlar O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi. Bosh prokuror o‘rinbosari 225 nafar o‘zbekistonlik mahkum jazoni vatanida o‘tash istagini bildirganini aytdi. «O‘zbekistonda 20 nafar sudlangan fuqarolarimiz bor, ular ham qaytishga qarshi emas, deb o‘ylaymiz», dedi u.

Qozog‘iston va Rossiya gaz yetkazib berish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi
19 yanvar 2023, 14:29

Qozog‘iston va Rossiya gaz yetkazib berish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi

Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar va «Gazprom» rahbari Aleksey Miller Qozog‘istonga Rossiya gazini yetkazib berish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi.

Qozog‘istonda novvoyxona portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi
19 yanvar 2023, 13:48

Qozog‘istonda novvoyxona portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Olmaota viloyati Yesik shahrida novvoyxona portlab, yong‘in yuz berdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi.

Qozog‘istonda avtobusdan yana 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi
13 yanvar 2023, 11:27

Qozog‘istonda avtobusdan yana 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

Aktobe viloyatida avtobusda qolib ketgan yana 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi. Transport vositasining yo‘lda qolib ketishiga kuchli sovuq tufayli dizel yonilg‘isi muzlab qolgani sabab bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting