Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qiz murdasi jinsiy zo‘rlash belgilari bilan topilgani odamlarni junbishga keltirdi. Jamoatchilik bunday jinoyatlar uchun jazo kuchaytirilishi lozim, degan fikrda. Ayni vaqtda, faollar «bolaning xavfsizligini ota-onaning bo‘yniga yuklashni mas’uliyatsizlik» deb baholamoqda.
Senator Gulnora Marufova Yangihayotda murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topilgan 12 yoshli qiz voqeasiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, normal holatdagi odam bu qotillikni, albatta, qoralaydi. «Qizchaning ota-onasiga ham to‘zim bersin, bu juda og‘ir holat», — dedi Marufova.
Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Yangihayotda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topilganidan so‘ng ota-onalarga murojaat qildi. Boshqarma ulardan farzandlarining maktabga borish-kelishida hamrohlik qilishni hamda doimo aloqada bo‘lishni so‘radi.
Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 62 yoshli ayol va uning 17 yoshli jiyanining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat bo‘yicha tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Oqdaryo tumanida erkak xotinini qaychi bilan urib, beshikda yotgan 5 oylik bolasini esa bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra o‘zini osib, joniga qasd qildi. Hodisaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Kasbi tumanida 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 3 bolali ayolni turmush o‘rtog‘i qasddan o‘ldirgani aniqlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
Chilonzor tumanida ikki qarindosh erkaklar o‘rtasida janjal chiqib, biri ikkinchisini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Sud ayblanuvchiga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Rossiyaning Tambov viloyatida qiz bolani o‘ldirganlikda gumon qilinib 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Qizning pichoqlangan jasadi Moskvada topilgan. Bir kun oldin jabrlanuvchi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, ta’qib etilayotgani haqida xabar bergan.
Buxorolik 22 yoshli yigit rashk sababli 29 yoshli xotinini soch quritish uskunasi simi bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra hodisaga guvoh bo‘lgan 5 yashar o‘g‘lini ham o‘ldirib, xar ikkisining jasadlarini yoqib yubordi. Hodisa Toshkent-Buxoro yo‘lining G‘allaorol tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 64 yoshli qaynota kechki ovqatni tayyorlashdan kelib chiqqan oilaviy janjal ortidan o‘z kelinini vahshiylarcha o‘ldirgan. Hodisa tafsilotlari oshkor qilindi.
Qirg‘izistonlik jurnalist Alisher Soipov 2007 yili O‘shda otib ketilgandi. 2010 yilda qotillikda ayblangan shaxs ham oradan 2 yil o‘tib ozodlikka chiqarilgan. 15 yildirki jurnalistning qotili topilmayapti. Marhumning ukasi «Gazeta.uz»ga ish 2019 yilda qayta ochilib, 2022 yilda yana yopilganini ma’lum qildi.
G‘allaorol tumanida er o‘zaro gap talashib janjal yuzaga kelishi oqibatida xotinining boshiga armatura bilan urib, o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda.
Quyi Chirchiqdagi 31 yoshli erkak rashk tufayli o‘z xotinini otasining uyida pichoqlab o‘ldirdi. «Gazeta.uz» tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu xabarga bildirgan fikrlarni bir materialga jamladi. Kimdir bu qilmishi uchun unga eng og‘ir jazoni berish kerak desa, kimdir bunga tomoshabin bo‘lganlar ham aybdor demoqda.
Toshkent viloyatida 16 yoshli bola ikki sherigi bilan o‘zining onasini qasddan o‘ldirib qo‘yganlikda gumonlanmoqda. Bunga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani va ular ayolning jasadini uyning yerto‘lasiga ko‘mib tashlagani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sariosiyo tumanida fuqaro o‘zining qarindoshini o‘ldirish uchun 50 mln so‘mga odam yolladi. Huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumondor kelishilgan puldan 1,8 mln so‘mini berganida ushlandi. Uning aybi sudda o‘z tasdig‘ini topsa, 10 yildan 15 yilgacha qamalishi mumkin.
Andijon shahrida 2 nafar bolaning o‘limida gumonlanib, 27 yoshli ayol hibsga olindi. Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, u ushbu jinoyatni oilasi buzilib ketishiga sababchi bo‘lgan xolavachchasi bilan tortishib qolgani uchun sodir etganini tan olgan. U shu yo‘l orqali xolavachchasidan qasd olgani aytilmoqda.
Andijon shahridagi xonadonlarning birida ikki nafar voyaga yetmagan fuqaroning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni viloyat prokurori o‘z nazoratiga oldi.
Urgutda fuqaro o‘zining otasi va akasi bilan janjallashib, ularni bolta va pichoq bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi. Shundan so‘ng, u tuman IIBga borib, aybiga iqror bo‘lgan va ularning jasadini uyining tomorqasiga ko‘mib yuborganini aytgan. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qarshida 27 yoshli fuqaroning jasadi uyidan qotillik alomatlari bilan topildi. Qashqadaryo viloyat prokuraturasi uni 18 yoshli fuqaro o‘ldirganlikda ayblanayotganini ma’lum qildi, gumonlanuvchi hibsga olindi.
Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 2021 yilda har uchinchi qotillik (158 tasi) va og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining 190 tasi oilaviy muammolar tufayli sodir etilganini ma’lum qildi. Qolaversa, o‘tgan yili aniqlangan jinoyatlarning 89 foizi fosh etilgani, qidiruvdagi 4,6 mingdan ortiq shaxs esa ushlangani aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting