Jizzaxda erkak o‘z ayolini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda «Milliy TV» telekanalining «Millar» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, voqea 17 mart kuni Jizzax viloyati Arnasoy tumani Oltin vodiy mahallasida sodir bo‘lgan. Unda 1991 yil tug‘ilgan fuqaro janjal sabab oshxona pichog‘i bilan dastlab 28 yoshli turmush o‘rtog‘ini keyin esa o‘zini jarohatlagan.

Ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarning onasi voqea joyida vafot yetgan. Erkakning onasining ko‘rsatmasiga ko‘ra, o‘g‘li kelinining bo‘yniga jarohat yetkazgan. O‘g‘lining o‘zi yetti joyidan jarohat olgan.

Mahalla raisi voqea rashk sabab yuzaga kelgan, deya ta’kidlamoqda. Hozirda erkak voqea sabab shifoxonada bo‘lib, ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Holat yuzasidan viloyati prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.