Toshkentda O‘zbekiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi katta tergovchisini o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan uch nafar shaxsga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda poytaxt sudlari matbuot xizmati.

Jinoyat 2022-yil sentabr oyida sodir bo‘lgan. Jinoiy ish bo‘yicha sudlanuvchilar uch nafar erkak (1986, 1987 va 1984-yillarda tug‘ilganlar)dir. Ish materiallariga ko‘ra, ulardan biri Ichki ishlar vazirligi xodimini bo‘g‘ib o‘ldirgan, shundan so‘ng jasadga o‘t qo‘yib, kanalga tashlab yuborgan.

Marhumning opasi ukasining do‘konida ishlaydiganlardan biri katta miqdordagi qarzni qaytarmaslik uchun “yolg‘on qo‘ng‘iroq qilib, uni qasddan o‘ldirgan”. Jasad uch kundan keyin topilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, marhumning to‘rt nafar farzandi, jumladan, bir yoshga ham to‘lmagan chaqalog‘i bo‘lgan. U ayblanuvchilarga nisbatan umrbod qamoq jazosi berilishini talab qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi bir sudlanuvchini (1987-yil) Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan 28-moddasi (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, ya’ni bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish) bilan ayblanib, 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Ikkinchi ayblanuvchi (1986-yil) Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” va “p” bandlari (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda, ya’ni bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish), 164-modda 4-qismining “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda bosqinchilik), 168-modda 4-qismining “a” bandi ((Juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bo‘yicha 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Uchinchi ayblanuvchi (1984-yil) Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” va “p” bandlari va 164-moddasi 4-qismi “a” bandlari bilan 24 yilu 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi.