Toshkent shahri Mirobod tumanida 1991 yil tug‘ilgan fuqaro o‘zining 84 yoshli buvisini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda «Milliy TV» telekanalining «Millar» ko‘rsatuvida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat 2022 yilning 10 dekabr kuni soat taxminan 01:30 lara sodir bo‘lgan. O‘sha kuni rus millatiga mansub bo‘lgan sudlanuvchi va 1938 yili tug‘ilgan buvisi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqadi. Janjal sabab mast holatdagi nabira buvisini o‘rib tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda esa ayol vafot yetgan. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra ayolning o‘limiga og‘ir darajadagi tan jarohatlar sabab bo‘lgani aytilgan.

Sudlanuvchi nima sababdan bu ishni qilganligi quyidagicha izoh berdi.

«Jabrlanuvchi buvim bo‘ladi. Buvim bilan taxminan 10 yildan buyon birga yashardik. Ota-onam vafot yetgan. Buvimning yagona boquvchisi men edim. 9 dekabr kuni uyga qaytdim. Uyga qaytishda o‘zim bilan aroq olib kelgandim. Aroqni ichdim va buvimni ovqatlantirdim. Taxminan soat 01:30 larda buvim uni ko‘tarib boshqa xonaga olib o‘tishimni so‘radi. Boshqa xonaga olib o‘tayotganimda bexosdan yerga yiqitib yubordim. Buvim jahlimni chiqargani uchun qo‘lim bilan urdim. Mast holatda bo‘lganim uchun necha marta o‘rganimni bilmayman. Uni divangacha olib borib o‘sha yerda qoldirdim. O‘zim ham divanda uxlab qoldim. Qilgan ishimdan afsusdaman».

Voqea sabab jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘rib chiqildi. Sudning hukmi bilan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) uchinchi qismi «d» bandi bilan jinoyatni sodir yetganlikda aybdor deb topildi va 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.