Qashqadaryoda 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ayolni sobiq turmush o‘rtog‘i qasddan o‘ldirgani aniqlandi.

Kasbi tumanining «Tinchlik» mahallasida yashagan ayol «Qamashi» mahallasida yashovchi erkakka turmushga chiqqan. Oilaviy kelishmovchilik tufayli yana o‘zi yashagan mahallaga qaytib, 3 nafar bolasi bilan ijarada yashab kelgan, deb yozadi Nasafnews.

Holat bo‘yicha 17 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.