Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yanvar oyida sodir etilgan 12 yoshli qizning o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi. Bu haqda payshanba kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

“Gazeta.uz” 2022-yilning yozida qiz yashagan uyda ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullangan 29 yoshli erkak qotillikda gumon qilinayotgani haqida yozgandi.

Ushbu voqeadan so‘ng Yangihayot tumani hokimligi qizning jasadi topilgan hududda obodonlashtirish ishlari boshlanganini ma’lum qilgan.