31 yanvar kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgani haqida xabar berilgandi. Poytaxt Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.

Boshqarma xodimlari va mahalla faoli marhumaning xonadoniga borib, xamdardlik bildirgan.

Barcha ota-onalardan farzandlariga maktabga olib borish va qaytishda o‘zlari hamrohlik qilishlari, doimo aloqada bo‘lishlari so‘raldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v, z» (Aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda qasddan o‘ldirish) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ish bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. U marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.

«Mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.