Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida buxorolik 23 yoshli yigit rashk sababli xotini va 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirib, har ikkisining jasadlarini yoqib yuborgani ma’lum qilingandi. Holat jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida ko‘rib chiqildi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi.

Sudda yigit qilgan ishidan pushaymon ekanligini aytib, hammadan kechirim so‘radi.

“Aybimga iqrorman. Yurtboshimizdan, ota-onamdan kechirim so‘rayman”, — deya yig‘lab gapirdi u.

Sud hukmi bilan yigit Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi va 134-moddasi (Qabrni yoki murdani tahqirlash) bilan aybdor deb topilib, umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Voqea tafsilotlari haqida batafsil bu yerda o‘qish mumkin.