«qotillik» tegli maqolalar


Toshkentda 19 yoshli o‘quvchi tanishini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
24 may 2023, 16:51

Toshkentda 19 yoshli o‘quvchi tanishini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Olmazor tumanida 19 yoshli maktab o‘quvchisi tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Voqeaga ularning telefon talashishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda erkak xotinidan qasd olish uchun 2 o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirdi
17 may 2023, 16:37

Samarqandda erkak xotinidan qasd olish uchun 2 o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Toyloq tumanida erkak xotinidan qasd olish uchun 6 va 8 yoshli o‘g‘illarini sim bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. Voqeaga Rossiyaga ishlashga ketgan xotinining begonalar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar sabab sifatida keltirilmoqda.

Toshkentda 12 yoshli qizning o‘ldirilishiga oid sud ishi yopiq eshiklar ortida ko‘rib chiqiladi
15 may 2023, 14:46

Toshkentda 12 yoshli qizning o‘ldirilishiga oid sud ishi yopiq eshiklar ortida ko‘rib chiqiladi

Oliy sud yanvar oyida Toshkentda 12 yoshli qizning o‘ldirilishi bo‘yicha ish yopiq eshiklar ortida ko‘rib chiqilishi haqida xabar berdi va sudlanuvchi qanday moddalar bilan ayblanayotganini ma’lum qildi.

Jizzaxda o‘g‘li va xotinini o‘ldirib, yoqib yuborgan 23 yoshli buxorolik yigit umrbodga qamaldi
11 may 2023, 20:59

Jizzaxda o‘g‘li va xotinini o‘ldirib, yoqib yuborgan 23 yoshli buxorolik yigit umrbodga qamaldi

2022-yilning noyabr oyida Jizzax viloyati hududida o‘g‘li va xotinini o‘ldirib, yoqib yuborgan 23 yoshli buxorolik yigit umrbod ozodlikdan mahrum etildi.

Toshkentda 12 yoshli qizning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov yakunlandi
11 may 2023, 10:03

Toshkentda 12 yoshli qizning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov yakunlandi

Bosh prokuratura yanvar oyida Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 12 yoshli qizni zo‘rlash va o‘ldirish bo‘yicha jinoyat ishi sudga oshirilganini ma’lum qildi. Avvalroq qiz yashagan uyda ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullangan 29 yoshli erkak qotillikda gumon qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Toshkentda ichki ishlar xodimini o‘ldirgan 3 shaxs uzoq muddatga qamaldi
4 aprel 2023, 23:24

Toshkentda ichki ishlar xodimini o‘ldirgan 3 shaxs uzoq muddatga qamaldi

Toshkentda IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining katta tezkor xodimi o‘ldirildi. Uning jasadi yoqilib, kanalga tashlab yuborilgan. Uch nafar ayblanuvchi uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Toshkentda 32 yoshli erkak buvisini o‘ldirib qo‘ydi
29 mart 2023, 13:21

Toshkentda 32 yoshli erkak buvisini o‘ldirib qo‘ydi

Mirobod tumanida 32 yoshli fuqaro mast holatda o‘zining 84 yoshli buvisini o‘ldirib qo‘ydi. Ayblanuvchi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirdi
25 mart 2023, 16:25

Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirdi

Istanbulda erkak birga yashab kelgan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadni bo‘laklab tashladi. Mojaro erkak olgan qarz tufayli kelib chiqqan.

Jizzaxda 32 yoshli erkak ayolini o‘ldirib, o‘zini jarohatladi
24 mart 2023, 14:44

Jizzaxda 32 yoshli erkak ayolini o‘ldirib, o‘zini jarohatladi

Arnasoy tumanida janjal sabab er ayolini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi, keyin esa o‘zini jarohatladi. Surishtiruvlarga ko‘ra, janjal rashk sabab sodir bo‘lgan.

Toshkentda erkak egizak farzand kutayotgan homilador ayolini o‘ldirdi
23 fevral 2023, 12:48

Toshkentda erkak egizak farzand kutayotgan homilador ayolini o‘ldirdi

Chilonzor tumanida 33 yoshli erkak o‘zaro janjal sabab ayolini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Natijada ayol qornidagi egizak bolalar ham vafot etdi. Sud ayblanuvchiga 18 yil qamoq jazosini tayinladi.

Bektemirda rashk tufayli xotinini pichoqlab o‘ldirgan erkak 10 yilga qamaldi
19 fevral 2023, 22:11

Bektemirda rashk tufayli xotinini pichoqlab o‘ldirgan erkak 10 yilga qamaldi

2022 yilning kuzida o‘z xotinini «bir necha bor qilgan xiyonatlari tufayli» 19 marta pichoqlab o‘ldirgan erkak 10 yilga qamaldi. «Xotinimni bunaqa yo‘l tutishi menga juda yomon ta’sir qildi», — dedi erkak sud zalida.

Quyi Chirchiqdagi bog‘chada xotinini kaltaklab, ertasiga uni o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi
15 fevral 2023, 15:20

Quyi Chirchiqdagi bog‘chada xotinini kaltaklab, ertasiga uni o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Sud 2022 yilning yozida bolalar bog‘chasida o‘z xotinini bolalarning ko‘z o‘ngida kaltaklagan, ertasiga uni o‘ldirgan erkakni 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Marhuma ayolning otasi esa suddan umrbod qamoq jazosini talab qilgan.

«Men tanilishim kerak, derdi. Tirigi emas, o‘ligi tanildi» — Yangihayotda o‘ldirilgan 12 yoshli qiz haqida
3 fevral 2023, 18:35

«Men tanilishim kerak, derdi. Tirigi emas, o‘ligi tanildi» — Yangihayotda o‘ldirilgan 12 yoshli qiz haqida

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning murdasi 1 fevralga o‘tar kechasi o‘zi yashagan uy oldidan topilgandi. Qizni qidirish ishlarida uni o‘ldirishda gumon qilinayotgan qo‘shni yigitning o‘zi ham qatnashgan. Qizning onasi prezidentga murojaat qilib, aybdorga «eng oliy jazo» tayinlanishini so‘radi.

«Yana bilvosita ota-ona aybdormi?». Toshkentda 12 yoshli qizning o‘ldirilganiga jamoatchilik munosabatlari
2 fevral 2023, 16:12

«Yana bilvosita ota-ona aybdormi?». Toshkentda 12 yoshli qizning o‘ldirilganiga jamoatchilik munosabatlari

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qiz murdasi jinsiy zo‘rlash belgilari bilan topilgani odamlarni junbishga keltirdi. Jamoatchilik bunday jinoyatlar uchun jazo kuchaytirilishi lozim, degan fikrda. Ayni vaqtda, faollar «bolaning xavfsizligini ota-onaning bo‘yniga yuklashni mas’uliyatsizlik» deb baholamoqda.

«Hammani larzaga keltirdi». Senator Toshkentda vafot etgan 12 yoshli qiz voqeasiga munosabat bildirdi
2 fevral 2023, 10:01

«Hammani larzaga keltirdi». Senator Toshkentda vafot etgan 12 yoshli qiz voqeasiga munosabat bildirdi

Senator Gulnora Marufova Yangihayotda murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topilgan 12 yoshli qiz voqeasiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, normal holatdagi odam bu qotillikni, albatta, qoralaydi. «Qizchaning ota-onasiga ham to‘zim bersin, bu juda og‘ir holat», — dedi Marufova.

Poytaxt Oila boshqarmasi ota-onalardan farzandlariga maktabga borib-qaytishda hamrohlik qilishni so‘radi
1 fevral 2023, 17:44

Poytaxt Oila boshqarmasi ota-onalardan farzandlariga maktabga borib-qaytishda hamrohlik qilishni so‘radi

Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Yangihayotda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topilganidan so‘ng ota-onalarga murojaat qildi. Boshqarma ulardan farzandlarining maktabga borish-kelishida hamrohlik qilishni hamda doimo aloqada bo‘lishni so‘radi.

Andijonda ayol va talaba qiz o‘ldirib ketildi
26 yanvar 2023, 15:26

Andijonda ayol va talaba qiz o‘ldirib ketildi

Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 62 yoshli ayol va uning 17 yoshli jiyanining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat bo‘yicha tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osdi
6 yanvar 2023, 10:32

Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osdi

Oqdaryo tumanida erkak xotinini qaychi bilan urib, beshikda yotgan 5 oylik bolasini esa bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra o‘zini osib, joniga qasd qildi. Hodisaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qashqadaryoda 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi
22 dekabr 2022, 09:25

Qashqadaryoda 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi

Kasbi tumanida 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 3 bolali ayolni turmush o‘rtog‘i qasddan o‘ldirgani aniqlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.

Toshkentda xolasining o‘g‘lini o‘ldirgan erkak 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi
16 dekabr 2022, 11:52

Toshkentda xolasining o‘g‘lini o‘ldirgan erkak 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Chilonzor tumanida ikki qarindosh erkaklar o‘rtasida janjal chiqib, biri ikkinchisini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Sud ayblanuvchiga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting