«qashqadaryo» tegli maqolalar


Qashqadaryoda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi
29 avgust 2022, 11:49

Qashqadaryoda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Qashqadaryoning Qamashi tumanida Lacetti avtomashinasi yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan Gentra avtomobili bilan to‘qnashuv natijasida yonib ketdi. Oqibatda Lacetti haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoda obodonlashtirish tashkiloti 573 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda
25 avgust 2022, 17:38

Qashqadaryoda obodonlashtirish tashkiloti 573 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Qashqadaryoda ko‘p qavatli uylarni obodonlashtirish uchun ajratilgan 573,2 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi. Gumonlanuvchilar bu mablag‘ni bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali o‘zlashtirgan. Ularga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shahrisabzda singlisi bilan bog‘chaga kelgan qiz eshik oynasi sinishi oqibatida vafot etdi
29 iyul 2022, 19:54

Shahrisabzda singlisi bilan bog‘chaga kelgan qiz eshik oynasi sinishi oqibatida vafot etdi

Shahrisabzdagi davlat bolalar bog‘chasida noqonuniy olib qolingan qizcha hojatxona eshigiga o‘rnatilgan oyna sinishi natijasida jarohat olib, ko‘p qon yo‘qotishidan vafot etdi. Hozirda prokuratura ishni o‘rganmoqda.

Qarshiga yana bitta Afrosiyob poyezdi qo‘yiladi
27 iyun 2022, 18:30

Qarshiga yana bitta Afrosiyob poyezdi qo‘yiladi

8 iyuldan «Toshkent-Qarshi-Toshkent» yo‘nalishida yana bitta Afrosiyob qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Samarqand va Buxoro viloyatlariga qatnaydigan tezyurar poyezdlar harakati jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi, yakshanba kungi «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob qatnovi esa to‘xtatiladi.

DXX 15 kgdan ortiq «gashish» moddasi aylanmasiga chek qo‘ydi
13 iyun 2022, 14:55

DXX 15 kgdan ortiq «gashish» moddasi aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX Sirdaryo YPX maskanida o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaroning avtomobili yukxonasida 4,5 kg «gashish» moddasi borligi aniqlandi. Tadbir davomida gumonlanuvchining qashqadaryolik sherigiga tegishli xonadondan yana 11 kgdan ko‘proq «gashish» chiqdi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoning 2 tumanida maktab qizlari o‘z joniga qasd qildi
7 may 2022, 17:52

Qashqadaryoning 2 tumanida maktab qizlari o‘z joniga qasd qildi

Qamashi tumani va Qarshi shahrida maktabda o‘qiydigan qizlar o‘zini osib, vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda prokuratura ushbu holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.

Chiroqchida YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
27 aprel 2022, 19:15

Chiroqchida YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Chiroqchi tumanida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan YPX xodimlari va aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Fuqarolardan biri inspektorning pogoni va bodikamerasini yulib olgan. Tuman prokuraturasi ularga nisbatan jinoyat ishi ochdi.

Prezident Qashqadaryo viloyatidagi ichimlik suv, ijtimoiy soha va ishsizlik muammolariga e’tibor qaratdi
22 aprel 2022, 16:37

Prezident Qashqadaryo viloyatidagi ichimlik suv, ijtimoiy soha va ishsizlik muammolariga e’tibor qaratdi

Prezident Qashqadaryo viloyatiga safari davomida viloyatning dolzarb muammolariga e’tibor qaratdi. Joriy yilda viloyatga ijtimoiy soha va infratuzilmani yaxshilash uchun respublika budjetidan qo‘shimcha 360 mlrd so‘m ajratiladi. Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, Shahrisabz va Kitob tumanlarini suv bilan ta’minlash uchun «Ayoqchisoy» sel suv ombori quriladi. 9 mingdan ziyod aholining gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Ishsizlikni kamaytirish uchun 270 ta sanoat loyihalari dasturi shakllantiriladi. 40 ming gektardan ortiq yerlar qayta foydalanishga kiritiladi.

Qashqadaryoda aholiga 730 mlrd so‘m imtiyozli ipoteka kreditlari, ehtiyojmand oilalarga 72 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi
22 aprel 2022, 14:57

Qashqadaryoda aholiga 730 mlrd so‘m imtiyozli ipoteka kreditlari, ehtiyojmand oilalarga 72 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

Prezident Qashqadaryoda 143 ta ko‘p qavatli uy-joylar foydalanishga topshirilishini ma’lum qildi. Viloyat aholisiga joriy yilda 730 mlrd so‘m imtiyozli ipoteka kreditlari hamda ehtiyojmand oilalarga 72 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi. Shuningdek, 30 ta qishloq va mahallalar «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bilan qamrab olinadi.

Ularga, baribir, tekinga suv yetkazilmaydi — Dehqonobod hokimligi buloq qurishi tufayli suvsiz qolgan qishloq aholisi haqida
21 aprel 2022, 17:00

Ularga, baribir, tekinga suv yetkazilmaydi — Dehqonobod hokimligi buloq qurishi tufayli suvsiz qolgan qishloq aholisi haqida

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani «Nurli kelajak» mahallasidagi buloq qurib qolgani sababli aholi ichimlik suvisiz qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ayollarning buloq suvini talashayotgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi vakili «Gazeta.uz»ga muammo yil oxirigacha hal bo‘lmasligi, aholiga esa tekinga suv yetkazilmasligini ma’lum qildi.

Qashqadaryoda mahalla yoshlar yetakchisi o‘z joniga suiqasd qildi
18 aprel 2022, 10:01

Qashqadaryoda mahalla yoshlar yetakchisi o‘z joniga suiqasd qildi

G‘uzor tumanining «Sovbog‘» mahallasida yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan 37 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ydi. Bunga uning ruhiyatidagi o‘zgarishlar, shu jumladan qarzi ko‘payib ketgani va ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

O‘zbekiston va FTA sanitariya va chorvachilik loyihalari bo‘yicha ikkita shartnomani imzoladi
31 mart 2022, 11:32

O‘zbekiston va FTA sanitariya va chorvachilik loyihalari bo‘yicha ikkita shartnomani imzoladi

O‘zbekiston hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida Navoiy va Qashqadaryoda suv ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirish hamda chorvachilik tarmog‘iga iqlimiy investitsiyalarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni amalga oshirishga qaratilgan ikkita bitim imzolandi.

Qashqadaryoda yangi tuman tashkil etildi
17 mart 2022, 17:37

Qashqadaryoda yangi tuman tashkil etildi

Qashqadaryoning Chiroqchi tumani tarkibida yangi Ko‘kdala tumani tashkil etildi. Unga Chiroqchidagi 420 ming nafar aholining 176,3 ming nafari yashayotgan 32 ta mahalla kiritiladi va Yettitom shaharchasi tuman markazi etib belgilandi.

Qashqadaryoda 10-sinf o‘quvchisi o‘z joniga suiqasd qildi
17 mart 2022, 11:02

Qashqadaryoda 10-sinf o‘quvchisi o‘z joniga suiqasd qildi

Nishon tumanida 17 yoshli maktab o‘quvchisi fermer xo‘jaligi dalasidagi daraxtga o‘zini osib qo‘ydi. Qizning ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lganligi aytilmoqda. Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

«Sho‘rtangazkimyo» nasos stansiyasi xodimi 10 tup qayrag‘ochni kesgani aniqlandi
9 mart 2022, 17:55

«Sho‘rtangazkimyo» nasos stansiyasi xodimi 10 tup qayrag‘ochni kesgani aniqlandi

Qashqadaryoda «Sho‘rtangazkimyo» MCHJning Tashqi suv ta’minoti nasos stansiyasi xodimi 6 tup sog‘lom, 4 tup sanitar holatini yo‘qotgan qayrag‘och daraxtini tag qismidan kesib tashlagani aniqlandi. Buning oqibatida u tabiatga 32,4 mln zarar yetkazgani aytilmoqda. Unga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, hujjatlar sudga yuborildi.

Qashqadaryoda kuchli shamol tomlarni uchirib, simyog‘ochlarni qulatib yubordi
9 mart 2022, 16:16

Qashqadaryoda kuchli shamol tomlarni uchirib, simyog‘ochlarni qulatib yubordi

Qashqadaryoning qator tumanlarida kuchli shamol binolarning tomini uchirib, simyog‘ochlarning qulashiga sabab bo‘ldi. Uch kishi jarohatlandi. Avvalroq, viloyatning Dehqonobod tumanida 3 kishini yashin urgani, ulardan birining vafot etgani xabar qilingan edi.

Qashqadaryoda 3 kishini yashin urdi, ulardan biri vafot etdi
9 mart 2022, 15:10

Qashqadaryoda 3 kishini yashin urdi, ulardan biri vafot etdi

Dehqonobod tumanida 3 kishini yashin urdi. Natijada ulardan biri vafot etdi, qolgan ikkisiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Surxondaryoda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 5,5 kg «opiy»ni olib o‘tgani aytilmoqda
23 fevral 2022, 17:33

Surxondaryoda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 5,5 kg «opiy»ni olib o‘tgani aytilmoqda

DXX Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 6,4 kg giyohvandlik vositalari, shuningdek, 2160 flakonda «Tropikamid» dorisi aylanmasini to‘xtatib qoldi. Surxondaryodagi holatda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 5,5 kg «opiy» moddasini chegarani noqonuniy kesib, olib o‘tganida ushlangani aytilmoqda. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi
22 fevral 2022, 18:18

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

23−25 fevral kunlari Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim xududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

Qarshi tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva o‘z lavozimidan ozod qilindi
6 fevral 2022, 13:23

Qarshi tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva o‘z lavozimidan ozod qilindi

Qarshi tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva «o‘z arizasiga ko‘ra» vazifasidan bo‘shatilgan. U Qashqadaryo viloyatidagi yagona ayol hokim edi. Viloyat hokimligining xabar berishicha, yaqin kunlarda yangi hokim saylash masalasi ko‘rib chiqiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting