Qarshi tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

«Maqsuda Mustafoyeva o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Yaqin kunlarda tuman kengashi yig‘ilishida yangi hokim saylash masalasi qo‘yiladi», — dedi viloyati hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi marta Maqsuda Mustafoyeva 3 fevral kuni mahallaboy tizimidagi ishlar doirasida «Gulshan» mahallsiga kelshganda omma oldidi ko‘rinish bergan.

Maqsuda Mustafoyeva yoshlar bilan uchrashuvda. 2022 yil 3 fevral. Foto: Qarshi tumani hokimligi.

2020 yilning 4 mart kuni Qashqadaryo tumani xalq deputatlari kengashi yig‘ilishida Qarshi tumani hokimligiga Maqsuda Mustafayeva tayinlangan edi va bu bilan u viloyatdagi yagona ayol hokim bo‘lgandi. Bungacha u viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Maqsuda Mustafoyeva 2020 yilda Sulton Tex Group atrofida sodir бўлgaнможаро orqali ko‘pchillikka tanish hisoblanadi. Bu ishda sud hokim Maqsuda Mustafoyeva va boshqa mansabdor shaxslarning fermer xo‘jaliklari rahbarlari va yangi kooperatsiya o‘rtasida kontraksiya shartnomalarini tuzish sharoitiga olib kelgan harakatlarini noqonuniy deb topgan edi.


2021 yilda ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanida 100 mln so‘mlik sahovat mablag‘lari pul hokimlik tomonidan o‘zlashtirib yuborilgani haqida xabarlar tarqalgan. Shundan keyin, 2021 yilning 23 iyul kuni viloyat hokimligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda Qarshi tumanida O‘zbekistonti prezidenti saylovlariga tayyorgarchilik ko‘rish bo‘yicha ishlar qoniqarsiz olib borilgani aytilgan.

2021 yil 12 avgust kuni esa yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, bir necha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Maqsuda Mustafoyevaga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan.

2021 yilning sentabr oyida jurnalist va blogerlar bilan suhbat chog‘ida Zoir Mirzayev Maqsuda Mustafoyeva haqida fikr bildirgandi.

«Barchada xato va kamchiliklar bo‘ladi, albatta. Rahbar sifatida buni tanqid qilaman. Yaqinda Qarshi tumani hokimi bilan suhbatlashib, kamchiliklarini ko‘rsatdim. Men boshida uning ishini ko‘rmasdan, hokimlikka tavsiya berganimni xatoyim deb bilaman», — degandi u.