O‘zgidromet 23−25 fevral kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirdi.

Jumladan, quyidagilar hududlarda:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson, tumanlari;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod tumanlari;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on tumanlari;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattago‘rg‘on tumanlarida sel kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raldi.