Qashqadaryoning Nishon tumanidagi Shirinobod mahallasida 10-sinf o‘quvchisi (qiz bola) o‘z joniga suiqasd qildi.

«Gazeta.uz»ga Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning ma’lum qilishicha, voqea 9 mart kuni soat 15:50 larda sodir bo‘lgan.

17 yoshli maktab o‘quvchisi fermer xo‘jaliklarning biridagi dala maydonida joylashgan o‘rik daraxtiga arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Uning vafoti yuzasidan tibbiy ekspertiza tayinlangan.

«Nasafnews» nashrining yozishicha, qizning ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lgan.

Avval ham Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 17 yoshli o‘quvchi qiz o‘z uyida osilgan holatda topilgandi.