8 iyul sanasidan boshlab, haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari «Toshkent-Qarshi-Toshkent» yo‘nalishida 780/779-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati.
Harakat jadvaliga ko‘ra «Toshkent- Qarshi» yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 780-sonli Afrosiyob zamonaviy elektropoyezdi har haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 07:00 da Toshkent Markaziy vokzalidan, «Qarshi-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan 779-sonli Afrosiyob elektropoyezdi esa Qarshi vokzalidan soat 15:25 da qatnovni amalga oshiradi.
Shu bois, 8 iyul sanasidan boshlab, bugungi kunda «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan 764/763-sonli hamda «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida harakatlayotgan 770-sonli Afrosiyob elektropoyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.
Unga ko‘ra, «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida harakatlanadigan 764-sonli tezyurar poyezd har kuni soat 08:30 da Toshkent Markaziy vokzalidan, «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan 763-sonli poyezd soat 16:15 da Samarqand vokzalidan, «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida harakatlanadigan 770-sonli elektropoyezdi esa soat 08:56 da Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Yuqoridagi Afrosiyob elektropoyezdlari harakati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan, 10 iyul kunidan boshlab xaftaning har yakshanba kuni «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan 768/767-sonli Afrosiyob elektropoyezdi qatnovi to‘xtatiladi.