Quva tuman YPX inspektori fuqarolardan pora olishga uringanlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

11 iyun kuni fuqarolar S.Z va M.H. tegishli mazmundagi ariza bilan murojaat qilishgan.

«Mazkur murojaatda keltirilgan holatlarni o‘rganish jarayonida YPX inspektori I.K o‘zini nosamimiy tutib ketib yuborgan», — deyiladi xabarda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, inspektor tezkor tadbir davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan qochib ketmoqda.

Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib prokuratura organlariga taqdim qilingan.

Hozirda tegovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.