Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilganlar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuraturaga huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar H.Q. va D.A. fuqaro N.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga, 300 ming so‘mni D.A.ning plastik kartasiga o‘tkazib, 400 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. fuqaro M.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.