Toshkent va Olmaliq shaharlarida fuqarolardan pora olgan shaxlar ushlandi, deya xabar qilmoqda DXX.

DXX tomonidan Toshkent viloyatida qayd etilgan holatda Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroni Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda.

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Olmaliq shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi ham qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlik firmasi advokati ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 251−1-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha o‘zining himoyasida bo‘lgan fuqaroni, tanishlari orqali jinoiy javobgarlikka tortmaslik masalasini ijobiy hal qilish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.