Namangan viloyati Davlatobod tumanida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirgan shaxs 5,5 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi, deya xabar qildi DXX.

Qayd etilishicha, tuman hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda o‘zini DXX xodimi deya tanishtirib, mahalliy fuqarodan 5,5 ming dollar olgan shaxs DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

U avval ham firibgarlik bilan bog‘liq sodir etgan jinoyatlari uchun bir necha bor sudlangani aniqlandi, deyiladi xabarda.