Pskent tumani prokurorining yordamchisi 1,500 AQSh dollar pora olayotganda qo‘lga olindi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, prokurorining yordamchisi sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishini va’da qilgan. Tezkor tadbir 1 noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168- (Firibgarlik) va 28-, 211- (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.