«odam savdosi» tegli maqolalar


Odam savdosida ayblangan “Monya” Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
21 fevral 2024, 19:21

Odam savdosida ayblangan “Monya” Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

“Monya” nomi bilan tanilgan Munisaxon Alijonova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U odam savdosida ayblanib 2023-yildan beri qidiruvda edi. Bu yil boshidan buyon shu kabi ayblovlar bilan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan to‘rtinchi ayol hisoblanadi.

Turkiyada odam savdosida ayblangan yana bir o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi
17 fevral 2024, 10:19

Turkiyada odam savdosida ayblangan yana bir o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Istanbulda 2023-yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan, jinoyat olamida “Monya” taxallusi bilan tanilgan ayol qo‘lga olindi. U odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda.

DXX hududlarda farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayollarni qo‘lga oldi
15 fevral 2024, 11:05

DXX hududlarda farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayollarni qo‘lga oldi

Guliston shahrida 15 kunlik o‘g‘lini 40 ming dollarga, Termiz tumanida 20 kunlik qizini 25 mln so‘mga, Namangan shahrida 10 yoshli bolasini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi.

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan yana ikki ayol Turkiyada qo‘lga olindi
12 yanvar 2024, 19:46

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan yana ikki ayol Turkiyada qo‘lga olindi

Istanbulda 2017 va 2018-yillardan buyon odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bir necha kun avval “Madam Klod” nomi bilan tanilgan yana bir o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari odam savdosida ayblanayotgan “Madam Klod”ni qo‘lga oldi
10 yanvar 2024, 20:03

O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari odam savdosida ayblanayotgan “Madam Klod”ni qo‘lga oldi

O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari “Madam Klod” nomi bilan tanilgan Nilufar Mirxanovani qo‘lga oldi. U odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan edi. Ayblanuvchi O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya tuzilmoqda
23 dekabr 2023, 15:55

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya tuzilmoqda

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi. Shuningdek, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti ta’sis etildi.

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlangani aytilmoqda
25 noyabr 2023, 05:17

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlangani aytilmoqda

Bolalar ombudsmaniga Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli qiz Shahrisabz tumanida 7 oy majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga yollangani haqida murojaat qilindi. Gumonlanuvchiga nisbatan odam savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari ketmoqda.

Navoiyda ayol qiz farzandini 90 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi
16 avgust 2023, 11:24

Navoiyda ayol qiz farzandini 90 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatida ayol 2023-yilda tug‘ilgan qizini 90 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi. Holat yuzasidan “Odam savdosi” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi 5 yilga cheklandi
31 iyul 2023, 15:21

Farg‘onada 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi 5 yilga cheklandi

Farg‘ona viloyatida ayol kvartira sotib olish uchun 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgandi. Sud uning homilador ekani va oilada yagona boquvchi bo‘lganini hisobga olib, ayolga nisbatan 5 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

O‘zbekiston standartlarga to‘liq rioya etayotgani yo‘q, ammo sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda — AQShning odam savdosi bo‘yicha hisoboti
13 iyul 2023, 21:33

O‘zbekiston standartlarga to‘liq rioya etayotgani yo‘q, ammo sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda — AQShning odam savdosi bo‘yicha hisoboti

O‘zbekiston “odam savdosiga barham berish bo‘yicha minimal standartlarga to‘liq rioya etayotgani yo‘q, ammo buning uchun jiddiy sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi AQSh Davlat departamentining dunyodagi odam savdosi bo‘yicha yangi hisobotida.

Qizlarni xorijga fohishalik qilishi uchun yubormoqchi bo‘lgan ikki ayol ushlandi
21 iyun 2023, 12:51

Qizlarni xorijga fohishalik qilishi uchun yubormoqchi bo‘lgan ikki ayol ushlandi

Andijon va Toshkent viloyatlarida ikki ayol 4 nafar qizni Turkiya va BAAga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lgan amaldorlar ozod etilgan
1 aprel 2023, 13:57

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lgan amaldorlar ozod etilgan

Xorazm viloyatida oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan 3 nafar tarbiyalanuvchisi viloyat adliya boshqarmasi va tuman FVV rahbarlari bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangan. Mehribonlik uyi rahbari 5 yilu 6 oyga qamalgan, mansabdor shaxslarning esa ozodligi cheklanib, qo‘yib yuborilgan.

Odam savdosida ayblangan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
18 mart 2023, 09:19

Odam savdosida ayblangan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Interpol odam savdosida gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan ayolni BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qildi. Uning ayollarni fohishalikka yuborish bilan shug‘ullangani aytilmoqda.

Samarqandda fuqaroni BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
7 mart 2023, 14:35

Samarqandda fuqaroni BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Samarqand xalqaro aeroportida 29 yoshli ayolni BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
4 yanvar 2023, 12:35

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

Odam savdosi jinoyati bo‘yicha gumonlanayotgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Uni qo‘lga olish Toshkent Interpol va Kuala-Lumpur Milliy markaziy byurolarining hamkorligida amalga oshirildi.

Ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
29 dekabr 2022, 12:44

Ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijonning Shahrixon tumanida yashovchi ayol ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida IIB va Vazirlar Mahkamasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborishning oldi olindi
21 dekabr 2022, 08:13

O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborishning oldi olindi

Ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborish bilan shug‘ullanib kelgan er-xotin faoliyatiga chek qo‘ydi.

Toshkentda 55 nafar fuqaroni xorijga sotib yuborgan korxona rahbari 8 yilga qamaldi
1 dekabr 2022, 15:02

Toshkentda 55 nafar fuqaroni xorijga sotib yuborgan korxona rahbari 8 yilga qamaldi

Toshkentda xususiy bandlik firmasi 100 ga yaqin fuqaroni xorijda ishga joylashtirishga va’da berib, aldov yo‘li bilan ularning 55 nafarini sotib yuborgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo-Ulug‘bek tuman sudi korxona rahbariga 8 yil 1 oy, qolgan 2 nafar xodimga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Samarqandda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
30 noyabr 2022, 10:54

Samarqandda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroni 25 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming dollar olayotganda paytda DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki fuqaro 5 yilga qamaldi
23 noyabr 2022, 20:15

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki fuqaro 5 yilga qamaldi

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalik qilish uchun yuborishni rejalashtirgan ikki fuqaro 5 yilu 1 oydan qamoq jazosiga hukm qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting