Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Bo‘stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 22−43 yosh orasidagi 4 nafar ayolga yaxshi daromad topadigan ish topib berishni va’da qilgan.

U ayollarni fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida Toshkent-Istanbul aviareysi orqali Turkiyaga jo‘natayotgan vaqtida IIBB xodimlari tomonidan ushlab qolindi, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi / 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.