«odam savdosi» tegli maqolalar


«Qadr-qimmat va huquqlar» dasturining yakunlari muhokama qilindi
5 oktabr 2020, 10:50

«Qadr-qimmat va huquqlar» dasturining yakunlari muhokama qilindi

USAID, XMT va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan amalga oshirilgan «Qadr-qimmat va huquqlar» dasturi doirasida 1700 dan ortiq odam savdosi jabrdiydalari O‘zbekistonga qaytib kelib, reintegratsiya yordamini olishdi. Bundan tashqari, 95 mingdan ortiq fuqaroga odam savdosi xatarlari bo‘yicha maslahatlar berildi.

Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi
18 avgust 2020, 10:49

Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi» qonunning yangi tahririga ko‘ra, odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot oshkor etilmaydi. Shu bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi ham belgilandi.

Senat yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qulladi
7 avgust 2020, 16:09

Senat yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qullashdi. Unda, jumladan, odam savdosidan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlandi. Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashda NNTlar vakolat va vazifalari belgilandi.

O‘z qizini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi
22 iyul 2020, 12:04

O‘z qizini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Gulistonda 2019 yilda tug‘ilgan qizini 17 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
17 iyun 2020, 22:24

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 22 foizga kamaygan, biroq chaqaloqlar savdosi 2018 yildagi 38 foizdan 43 foizga oshgan. Shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l quygan 259 nafar, ish haqlarini o‘z vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi — Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting