Interpol odam savdosi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan ayolni BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qildi, deb xabar berdi tashkilotning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi axborot xizmati.

Aniqlanishicha, u onasi va singlisi tomonidan qidirilgan. Tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxslar bilan ayollarni fohishalikka yuborish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natish bo‘yicha jinoiy guruh tuzgani aytilmoqda.

«Jabrlanuvchilarni oilasi bilan ajrashgan va moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollar orasidan topgan. Shu tariqa uchinchi davlatlar orqali BAAga olib chiqib, jabrlanuvchilarga yaxshi ish va’da qilingan, biroq Dubayga yetib kelgandan so‘ng ularning pasportini olib qo‘yishar va fohishalik bilan shug‘ullanishga jo‘natishardi», — deyiladi xabarda.

Inerpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlari o‘rtasidagi kelishuv natijasida ayol hibsga olingandan so‘ng O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.