Andijon va Toshkent viloyatlaridaqizlarni fohishalik qilishi uchun xorijga yuborish bilan shug‘ullangan ayollar ushlandi. Bu haqda ikki viloyat IIB xabar qildi.

Tezkor tadbir davomida Shahrixon tumanida yashovchi ayol X.G. Andijon tumanida yashovchi E.N va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi M.M.larni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborish evaziga Turkiyada yashovchi “Oygul” ismli tanishidan 700 AQSh dollari olishga kelishib, kelishilgan 700 AQSh dollari hisobidan 150 AQSh dollarini olib, E.N. va M.M.larni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatiga jo‘natib yuborayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, Ohangaronda ikki nafar 23 yoshli qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun BAAga jo‘natmoqchi bshlgan 1984-yilda tug‘ilgan ayol ham ushlangan.

Holatlar yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.