16 dekabr kuni Andijon viloyati IIB va Vazirlar Mahkamasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar qizni Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Shahrixon tumanida yashovchi ayol X. G. Andijon tumanida yashovchi E. N. va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi M. M.larni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborish evaziga Turkiyada yashovchi Oygul ismli tanishidan 700 dollari olishga kelishgan.

150 dollarini olib, E. N. va M. M.larni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatiga jo‘natib yuborayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.