O‘zbekistondagi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridan odam savdosi jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan va Malayziyada uzoq vaqt yashirinib yurgan shaxsni Toshkentga olib keldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Uni qo‘lga olish Toshkent Interpol va Kuala-Lumpur Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari va tezkor-axborot kuzatuvi hamda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillarining bevosita yordami bilan amalga oshirildi.

Malayziya hukumati tomonidan qidirilayotgan shaxsni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinuvchini qo‘lga olish va hibsga olishga muvaffaq bo‘lindi.

интерпол, малайзия, odam savdosi, ekstraditsiya

«Ekstraditsiya masalasining ijobiy ko‘rib chiqilishi natijasida qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkentga olib kelish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi. Endilikda unga nisbatan qonun doirasida jazo belgilanadi», — deyiladi xabarda.