«o‘zgidromet» tegli maqolalar


Haftaning ikkinchi yarmida shamol tezligi 27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda
16 avgust 2022, 09:45

Haftaning ikkinchi yarmida shamol tezligi 27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda

O‘zgidromet 18−20 avgust kunlari yettita viloyatda shamol tezligi 17 m/s dan 27 m/s gacha kuchayishi, buning oqibatida ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishidan ogohlantirdi. Shanba kuniga kelib, havo xarorati 27 darajagacha tushib ketadi.

Hafta oxiriga kelib havo harorati pasayishi kutilmoqda — O‘zgidromet
15 avgust 2022, 12:28

Hafta oxiriga kelib havo harorati pasayishi kutilmoqda — O‘zgidromet

Hafta boshida +39 darajagacha bo‘lgan quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib qoladi. Hafta o‘rtalaridan respublikaga Ural hududlaridan salqin havo kirib kela boshlaydi, harorat kechalari +20 darajagacha, kunduz kunlari +33 darajagacha pasayadi.

Yakshanbadan boshlab yana issiq bo‘ladi
12 avgust 2022, 12:12

Yakshanbadan boshlab yana issiq bo‘ladi

Bir necha salqin kechalar va o‘rtacha issiq kunlardan so‘ng, yakshanba kuni harorat yana ko‘tariladi, +39 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Faqat juma kuni kechasi Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi va sel kelishi mumkin.

Bu hafta kuchli issiq kutilmaydi — O‘zgidromet
8 avgust 2022, 12:12

Bu hafta kuchli issiq kutilmaydi — O‘zgidromet

Hafta davomida +34 darajadan yuqori bo‘lmagan quruq va nisbatan qulay ob-havo sharoiti saqlanib turadi, faqat dam olish kunlari harorat +38 darajagacha ko‘tariladi. Tog‘li hududlarda esa momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi.

Poytaxtda dushanba kuni 4 ballik magnit bo‘roni bo‘lishi prognoz qilinmoqda
8 avgust 2022, 09:33

Poytaxtda dushanba kuni 4 ballik magnit bo‘roni bo‘lishi prognoz qilinmoqda

Dushanba kuni Toshkent shahrida 3 soat davomida 4 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqtda arterial gipertoniya va bronxial astmasi borlar ko‘proq aziyat chekadi, ko‘pchilikda orqa bosh miyada og‘riq turadi, shu bois kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.

Dam olish kunlari issiq bo‘ladi
5 avgust 2022, 14:13

Dam olish kunlari issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi, ayrim tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘adi.

Hafta davomida havo isib ketmaydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
1 avgust 2022, 11:54

Hafta davomida havo isib ketmaydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi, harorat +39 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li va tog‘ oldi hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi kutilmoqda. Shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi.

O‘zbekistonning qator hududlarida jazirama o‘z rekordlarini yangiladi
29 iyul 2022, 16:39

O‘zbekistonning qator hududlarida jazirama o‘z rekordlarini yangiladi

O‘zbekistonning qator viloyatlarida havo harorati bo‘yicha rekordlar yangilandi. 22 iyul kuni kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori harorat (taxminan +50 daraja) Qizilqum va Termiz hududida qayd etildi. 23 iyul kuni Toshkentda havo harorati +42,8 darajagacha ko‘tarilib, 2018 yilgi rekordni yangiladi.

Dam olish kunlari qulay havo harorati bo‘lishi kutilmoqda — O‘zgidromet
29 iyul 2022, 12:18

Dam olish kunlari qulay havo harorati bo‘lishi kutilmoqda — O‘zgidromet

Dam olish kunlari havo harorati tungi vaqtda +23 darajagacha tushadi, kunduzi esa +36 darajadan oshmaydi. Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi, cho‘l zonalarda esa chang-to‘zonlar ko‘tarilishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi
28 iyul 2022, 13:44

Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

29 iyuldan 1 avgustga qadar yomg‘irlar yog‘ishi tufayli Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li va tog‘ oldi hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi kutilmoqda. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

28−29-iyul kunlari O‘zbekistonning katta qismida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
27 iyul 2022, 17:11

28−29-iyul kunlari O‘zbekistonning katta qismida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet rahbari 28−29 iyul kunlari O‘zbekiston hududining aksariyat qismida havo harorati pasayib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda shaffoflikni oshiradi
26 iyul 2022, 12:26

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda shaffoflikni oshiradi

O‘zgidromet hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasida kengaytirilgan shaffoflik tizimini yaratish bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirmoqda.

Haftaning ikkinchi yarmida harorat pasayishi kutilmoqda — O‘zgidromet
25 iyul 2022, 11:26

Haftaning ikkinchi yarmida harorat pasayishi kutilmoqda — O‘zgidromet

Hafta boshida O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy viloyatlarida jazirama pasaya boshlaydi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 25−26 iyul kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo butun mamlakatga tarqaladi, havo harorati +33…+36 darajagacha tushadi.

Dam olish kunlari harorat iqlimiy me’yorlardan 5−7 daraja yuqori bo‘ladi
22 iyul 2022, 12:26

Dam olish kunlari harorat iqlimiy me’yorlardan 5−7 daraja yuqori bo‘ladi

Shanba-yakshanba kunlari jazirama issiq saqlanib qoladi. Erondan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelishi hisobiga harorat iqlimiy me’yorlardan 5−7 darajaga yuqori bo‘ladi. Havo kunduzi +40…+45 darajagacha, janub va cho‘l zonalarida +47 darajagacha isishi kutilmoqda.

Oltita hududda harorat 47 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
20 iyul 2022, 11:56

Oltita hududda harorat 47 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Haftaning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda havo harorati 47 darajagacha, Toshkentda esa 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysida esa harorat pastroq bo‘ladi, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolaridan muzli sel kelishi mumkin.

Hafta juda issiq bo‘ladi
18 iyul 2022, 12:27

Hafta juda issiq bo‘ladi

Haftaning ikkinchi yarmida kunduzi havo +45 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida ba’zi joylarda +47 darajagacha isiydi. Haroratning pasayishi 23 iyul kuni mamlakatning shimoliy hududlaridan boshlanadi.

Farg‘onaning tog‘li hududlarida muzli sel kelishi xavfi e’lon qilindi
18 iyul 2022, 10:32

Farg‘onaning tog‘li hududlarida muzli sel kelishi xavfi e’lon qilindi

18−24 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu tog‘larda bo‘lishi kutilayotgan yuqori issiq harorat foni hisobiga sodir bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet.

Dam olish kunlari havo issiq va shamolli bo‘ladi
15 iyul 2022, 15:54

Dam olish kunlari havo issiq va shamolli bo‘ladi

Dam olish kunlari havo harorati +36 darajadan +45 darajagacha ko‘tariladi. Shanba kuni shimoliy va cho‘l hududlarda, yakshanba kuni esa mamlakatning ayrim joylarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi, shamol tezligi 22−25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

17−22 iyul kunlari harorat 47 darajagacha isib ketishi kutilmoqda — O‘zgidromet
13 iyul 2022, 17:35

17−22 iyul kunlari harorat 47 darajagacha isib ketishi kutilmoqda — O‘zgidromet

17−22 iyul kunlari O‘zbekistonning turli hududlarida havo xarorati +41 darajadan +47 darajagacha, xususan, Toshkent shahrida +45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Buni sinoptiklar mintaqadan jaziramani «surib haydab yuboradigan» sovuq antitsiklon oqimlari mavjud emasligi bilan izohlashmoqda.

O‘zbekistonga yana jazirama kunlar kirib kelmoqda
13 iyul 2022, 11:51

O‘zbekistonga yana jazirama kunlar kirib kelmoqda

Eron hududlaridan issiq va quruq havo kirib kelishi natijasida payshanba kunidan boshlab hafta yakunigacha O‘zbekistonda harorat +41 darajagacha ko‘tariladi. Janub va cho‘l hududlarda 43 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting