20−22 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi yanada kuchayadi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Shu sababli kunduz kunlari havo harorati:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida — +44…+47 darajagacha;
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +42…+45 darajagacha;
  • Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +41…+43 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang to‘zonlar bilan 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22−25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

20−24 iyul kunlari davrida tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari, shu jumladan, So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.