Dam olish kunlari issiq bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.

Juma va shanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha kechasi va ertalab nisbatan salqin, kunduz kunlari biroz issiq ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kechalari +18…+22 daraja, kunduz kunlari +32…+37 daraja atrofida bo‘ladi.

Cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

Yakshanba kunidan boshlab O‘zbekistonga Turkmaniston hududlaridan biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi. O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va keyingi haftaning boshida kunduzgi harorat +37…+39 darajaga yetadi.

Bu vaqtda asosan bulutsiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat juma kuni kechqurun Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.