Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab qulay havo harorati bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Bugun, juma kuni respublika hududining katta qismida havo harorati +33…+38 daraja, janubda ba’zi joylarda +40 darajagacha bo‘lgan quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat rsepublikaning shimoli-g‘arbida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi.

Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, 30 iyul shanba kuni Toshkent viloyatida va 31 iyul yakshanba kuni Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari +20…+23 daraja, kunduz kunlari +33…+36 daraja atrofida bo‘ladi, bu iyul oyi oxiridagi iqlimiy me’yorlarga yaqindir.

Ushbu kunlarda janubda va cho‘l hududlarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.