O‘zgidromet 18−20 avgust O‘zbekistonnning ayrim hududlarida kuchli shamol turishi va chang-to‘zonlar kuzatilishidan ogohlantirmoqda.

Avvalroq xabar qilganimizdek, shu kunlari O‘zbekiston hududlariga Ural hududlaridan salqin havo kirib keladi.

18−20 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda. Jumladan:

  • 18 avgustda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
  • 19−20 avgustda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida shamol kuchayishi 24−27 m/s ga yetishi mumkin.
  • 19−20 avgustda kunduzgi havo harorati 27−32 darajagacha pasayadi.

19 avgustga shamol tezligining taqsimlanishi xaritasi.