Hafta oxiriga kelib havo harorati pasayishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet axborot xizmati.

Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysi tog‘li hududlarida 16 avgustda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzi harorat +36…+39 darajagacha isiydi va shu kunlarning o‘rtacha iqlimiy qiymatlaridan yuqori bo‘ladi.

Hafta o‘rtasi chorshanba kunidan respublika hududiga Ural hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi, bu esa issiq pasayishiga olib keladi. Ish haftasining oxiriga kelib, havo harorati kechalari +16…+20 darajagacha, kunduz kunlari +30…+33 darajagacha pasayadi.

Barcha hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Ushbu davrda yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.