Haftaning birinchi yarmida aksariyat hududlarda quruq va o‘ta issiq havo davom etadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» matbuot xizmati.

Kunduzgi havo harorati +40…+43 daraja, janubda +45 darajagacha bo‘ladi.

Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy viloyatlarida Kaspiy dengizidan kelayotgan nisbatan salqin va bir oz nam havo massasi tarqala boshlaydi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida 25−26 iyul kunlari joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati +32…+37 darajaga tushadi.

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududidan issiq havo massasi chekinib, butun mamlakat bo‘ylab havo harorati pasaya boshlaydi.

Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning butun hududini qamrab oladi va havo harorati aksariyat hududlarda +33…+36 darajagacha pasayib, faqat chekka janubiy hududlarda +39…+41 darajagacha issiq bo‘ladi.

25−27 iyulda shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida, 28−29 iyulda respublikaning ayrim joylarida shamolning 17−22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonli qor yog‘ishi mumkin.

25−28 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.